O‘qituvchi deganda inson dilini yoritguvchi, yorug‘likka eltuvchi, ziyo tarqatuvchi, o‘quvchilari qalbini zabt etguvchi kasb egalarini ko‘z oldimizga keladi. O‘qituvchi inson qalbi kashfiyotchisi.
Ummon qalb egasi, sabr tog‘ini kashf etguvchi, toqat hissiyotini jismida aks ettiruvchi, oqilalikda namuna bo‘lguvchi, ziyosi bilan barchani bahramand etuvchi, o‘z mehri bilan hurmat qozonuvchi kasb egalaridir.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" Farmoni e’lon qilindi. Ushbu Farmon bilan Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyi biologiya fani o‘qituvchisi Umaraliyeva Ma’muraxon Toshxo‘jayevna II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlandi.
Bugungi lavhamizda qahramonimizning hayot yo‘li, o‘qituvchilik kasbining mas’uliyati, sohadagi o‘zgarishlar haqida batafsil suhbatlashdik.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/UieuMDHGeJA" title="Ma’muraxon Umaralieva: "O`qituvchilik bu - mashaqqatli mehnat..."" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA