Vatanimiz tarixidagi 26 sentyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

Yurtimizda 26 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kasb bayrami 2021 yil 14 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunga asosan har yili 26 sentyabr kuni soha vakillari tomonidan bayram qilinadi. 

976 yil (bundan 1049 yil oldin) – Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur otasining vafotidan so‘ng 13 yoshida taxtga o‘tirdi (hukmronlik davri 976–997 yillar). Uning yoshi hali kichik bo‘lgani tufayli onasining topshirig‘i bilan davlat ishlarini Foiq Xossa bilan hojib Tosh olib borganlar. U siyosiy va harbiy sohada islohotlar o‘tkazgan. Uning davridagi siyosiy jarayonlarda turk lashkarboshilarining mavqei kuchaygan.

Mashhur tabib AbuAli ibn Sino 16 yoshida Nuh ibn Mansurni davolab, o‘sha davrda Sharqdagi

eng boy kutubxona sanalgan Somoniylar saroyining kutubxonasida mutolaa qilish

imkoniyatiga ega bo‘lgan. Ibn Sino bir necha yil shu kutubxonada kitoblar mutolaasiga sho‘ng‘ib ketadi. Bu kutubxonada qadimgi yunon mualliflari asarlari ham saqlangan.

1875 yil (bundan 150 yil oldin) – Turkistonning birinchi general-gubernatori Konstantin Kaufman Namanganga keldi. Bu yerda unga Andijon shahrida va unga yaqin bo‘lgan joylarda Po‘latxon va Abdurahmon Oftobachi boshchiligida katta qo‘shin to‘planganligi haqidagi xabar yetkazildi.

1884 yil (bundan 141 yil oldin) – Qo‘qonda paxta chigitidan moy oluvchi gidravlik pressli birinchi zavod qurildi.

1909 yil (bundan 116 yil oldin) – Istanbulda Abdurauf Fitrat va Usmon Xo‘ja singari taraqqiyparvarlar tomonidan “Buxoro ta’limi maorif jamiyati”ga asos solindi. Mazkur jamiyatning nizomnomasi va harakat dasturi 1909 yil 29 oktyabrda e’lon qilingan.

1922 yil (bundan 103 yil oldin) – bolsheviklar bilan bir necha yil davomida olib borilgan hokimiyat uchun kurashda asablari toliqib og‘ir xastalikka uchragan Buxoro respublikasi hukumati boshlig‘i Fayzulla Xo‘jayev davolanish uchun Germaniyaga jo‘nab ketdi va hukumatga rahbarlikni o‘zining birinchi o‘rinbosari Atoullo Xo‘jayevga topshirdi. Shundan keyin deyarli to‘rt oy Fayzulla Xo‘jayev Buxoroda bo‘lmadi. Bolsheviklar Fayzulla Xo‘jayevning yo‘qligidan foydalanib jadidlarni hokimiyatdan mahrum qilish taraddudiga tushgan edilar. Biroq ular Atoullo Xo‘jayev rahbarligidagi bir guruh hukumat a’zolarining qat’iy qarshiligiga uchradi. 

1926 yil (bundan 99 yil oldin) – O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining beshinchi sessiyasida Markaziy komissiya tomonidan taqdim etilgan respublikani ma’muriy-hududiy rayonlashtirishning loyihasi ko‘rib chiqildi. Unda qabul qilingan qarorda O‘zbekiston tarkibida 10 ta okrug, 88 ta tuman, 1749 ta qishloq soveti ta’sis etilishi belgilandi. Shu tariqa, O‘zbekistondagi ma’muriy-hududiy rayonlashtirish natijasida 4 bo‘g‘inli ma’muriy bo‘linishdan (viloyat, uyezd, volost, qishloq) 3 bo‘g‘inli ma’muriy bo‘linishga (okrug, tuman, qishloq) o‘tildi. 

1943 yil (bundan 82 yil oldin) – Ikkinchi jahon urushining 19 yoshli qatnashchisi O‘rozboy Jumaniyozov Kiyev viloyatining Vishgorod tumanidagi Tolokunskaya Rudnya qishlog‘i rayonida birinchilardan bo‘lib Dnepr daryosini kechib o‘tib, jangda jasorat ko‘rsatdi. U ushbu jasorati uchun shu yilning 17 oktyabrida Qahramon unvoniga sazovor bo‘ldi. Biroq O‘rozboy Jumaniyozov 1943 yil 12 dekabrdagi jangda bedarak yo‘qoldi. 

2002 yil (bundan 23 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kosmik tadqiqotlarni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Farg‘ona shahridagi filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – Nyu-York shahrida imzolangan qo‘shma kommyunikelar asosida O‘zbekiston Botsvana Respublikasi, Liberiya Respublikasi, Togo Respublikasi va Bagama Orollari Hamdo‘stligi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni