Bugun Moskva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon atom haftaligining ochilishi marosimida Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori Rafael Grossi atom sanoati rivoji va tartib-tamoyillariga urg‘u berdi:

- Avvalo, Jahon atom haftaligida ishtirok etayotganimdan xursandman. Hozirgi davrda atom sanoati taraqqiyotining o‘ziga xos bosqichida turibdi.

Bugungi tadbirni aynan Moskvada o‘tkazish juda ma’noli, chunki bu mamlakat tarixan yadroviy energetika rivojida peshqadam bo‘lib kelgan. Shuning uchun, bugun yadroviy energetika uchun ko‘p imkoniyatlar ochilayotgan bir paytda, atom energiyasi borasida turli shak-shubhalar va savollardan keyin bu yerga yig‘ilib, qanday qilib birgalikda yanada olg‘a siljishimiz mumkinligini muhokama qilish juda to‘g‘ri bo‘ladi. Xalqaro tashkilot nuqtai nazaridan, bu  ana shu ijobiy tendensiyalar eng to‘g‘ri yo‘lda amalga oshishini ta’minlash haqidadir.

Eng muhimi, atom energetika haqida gapirganda, uning tinch maqsadlarda qo‘llanilishi kafolatlangan bo‘lishi kerak. Ya’ni, har bir yadroviy loyiha barpo etilgan joyga faqat yaxshilik kelishi lozim. Yadro energetikasi faqat tinch maqsadlarda ishlatilishi zarur. Har qanday atom inshooti, har qanday atom elektr stansiyasi o‘z faoliyati natijalarini faqat tinch maqsadlarga yo‘naltirishi kerak. Shuning uchun barcha xavf-xatarlarni minimal darajaga tushirish va umuman bartaraf etish lozim. Jumladan, yadroviy qurol tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, yadroviy xavfsizlik va fizik xavfsizlik standartlariga to‘liq rioya etish shart.

Bu masalalar ham hozirgi, ham kelgusi loyihalarda eng jiddiy tarzda ta’minlanishi zarur. Muhimi, aynan shu parametrlarga rioya qilgan holda, rivojlanayotgan mamlakatlar, umuman, barcha davlatlar atom texnologiyasiga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lsin. Buning barchasi sheriklik va hamkorlikni talab qiladi. 

Sheriklik va birgalikda ishlash muhim hisoblanadi. Chunki “Rosatom” doimo ana shunday ish standartlariga amal qilib kelmoqda, bilim almashish, sheriklik va do‘stlikni mustahkamlash uchun platformalar yaratmoqda. Tuzgan har bir loyihasi hech qachon faqat tijorat loyihasi bo‘lmagan. “Rosatom”ning har bir loyihaga bag‘ishlagan saxiyligi va ochiq ko‘ngilliligi alohida namuna va maqtovga loyiqdir.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Rossiya, Moskva shahri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rafael Grossi: “Har bir yadroviy loyiha barpo etilgan joyga faqat yaxshilik kelishi lozim”