Toshkentda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ga a’zo davlatlar Bosh prokurorlari kengashining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya Bosh prokurorlari hamda TDT Bosh kotibi ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yig‘ilish qatnashchilariga yo‘llagan samimiy murojaati o‘qib eshittirildi.

Tadbirda bunday formatdagi uchrashuv davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirishda muhim maydon ekani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor prokuratura organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, raqamli kriminalistika sohasini rivojlantirish, tajriba almashish va kiberxavfsizlik sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalariga qaratildi.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, ishtirokchilar deklaratsiya qabul qildi. Unda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va huquqiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlar belgilandi. 

TDTga a’zo davlatlar Bosh prokurorlari kengashining 5-yig‘ilishi Qozog‘istonda o‘tkazilishi belgilandi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TDTga a’zo davlatlar Bosh prokurorlari hamkorlikka oid deklaratsiyani qabul qildi