2025 yil 23–26 sentyabr kunlari “CAEx Uzbekistan” majmuasida “ICTWEEK Uzbekistan-2025” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi o‘tkazildi.

Haftalik doirasida 24 sentyabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan “Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumi tashkil etilib, unda mingdan ortiq yoshlar va soha vakillari ishtirok etdi.

Forumda sun’iy intellektning ta’limdagi o‘rni, global tendensiyalar va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. “Oracle”, “Coursera”, Yandex ML School, “Armenian code academy” kabi xalqaro kompaniyalar vakillari taqdimotlar bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan prompt yozish, sun’iy intellekt agentlarini yaratish va kreativ kontent ishlab chiqish bo‘yicha amaliy master-klasslar o‘tkazildi.

Forum doirasida AT ta’limini ommalashtirishga hissa qo‘shayotgan blogerlar, xususiy akademiyalar, yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda sohaning ishonchli hamkorlari alohida nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

Mazkur forum Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 2030 yilgacha 300 ming yoshni AT sohasida band qilish va 5 milliard AQSH dollarlik eksport hajmiga erishish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarning muhim qismi sifatida o‘tkazildi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lTb5DucKcMk" title="“Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumi yakunlanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ziyovuddin Nuriddinov, Abror Sodiqov,

Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumi yakunlanmoqda