Shu kunlarda dunyo hamjamiyatining nigohi bir nuqtaga qadaldi.  Butun millat va xalqlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 80-sessiyasini katta qiziqish bilan kuzatdi. Mazkur Assambleyaning umumiy manzaralarida davlatimiz rahbari ham nutq so‘zladi. Prezidentlar, ekspertlar, xalqaro siyosatchilar davlatimiz rahbarining ushbu nutqini tarixiy, deya baholagani bejizga emas. Boisi, Prezidentimiz faqatgina mamlakatimiz emas, balki mintaqa uchun o‘ta muhim va dolzarb bo‘lgan masalalarga diqqatni qaratdi.

Prezidentimiz o‘z nutqida Birlashgan Millatlar Tashkilotini dunyodagi eng dolzarb va murakkab global muammolarni murosa va muloqot orqali hal etishda asosiy xalqaro platforma sifatida saqlab qolish zarurligini ta’kidladi. Ushbu yondashuv tashkilotning kelgusi faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi.

BMTning 80-sessiyasida davlatimiz rahbari mamlakatimizda keyingi yillarda erishilgan yutuqlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Barchamiz ko‘rib turibmiz, yurtimizda pedagoglarning mavqeini oshirish bo‘yicha juda katta ishlar qilinmoqda. 

Prezidentimiz oliy minbardan turib pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish maqsadida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazishni taklif etdi. Bu taklifni nafaqat mamlakatimiz ilm fan fidoyilari, ziyolilari, balki dunyo pedagoglari qo‘llab-quvvatlayotganini ommaviy axborot vositalaridagi fikrlardan ham bilib turibmiz. 

Xalqimiz tinchliksevar, har qanday urush va nizolar bo‘lmasligi tarafdori bo‘lib kelgan. Mazkur Sessiyada ham Prezidentimiz aynan mana shu masalaga ham alohida e’tibor qaratdi.

Ayniqsa, davlatimiz rahbarining afg‘on xalqining tinch va osuda hayotga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurligini, bu davlatning yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini alohida ta’kidladi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tobora o‘tkir tus olayotgan iqlim o‘zgarishi muammolariga ham alohida to‘xtaldi. 

Jumladan, sessiyada Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlari jahon hamjamiyatining doimiy diqqat markazida bo‘lishi lozimligi aytildi. Hozirda O‘zbekistonda Orolbo‘yi ekotizimini qayta tiklash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda. So‘nggi yillarda dengizning qurigan tubiga 2 million gektar maydonda sho‘rga chidamli cho‘l o‘simliklari ekildi. 2030 yilgacha ushbu hududning 80 foiz qismida yashil qoplamalar hosil qilinadi. 

Dunyoni tashvishga solayotgan yana bir muhim muammo – bu suv resurslarining taqchilligidir. Hozirda dunyo aholisining ikki milliarddan ortig‘i toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega emas. Bunga qarshi kurashish uchun Prezidentimiz mamlakatimizda Suvni tejash bo‘yicha butunjahon forumini o‘tkazishni rejalashtirilayotganini aytib o‘tdi. Mazkur anjuman yakunlari bo‘yicha Suv inqirozini barqaror taraqqiyot uchun jiddiy tahdid sifatida belgilash mo‘ljallanmoqda. 

Ekologik o‘zgarishlarning yana bir salbiy ko‘rinishi – iqlim migratsiyasining kuchayib borayotganidir. Afsuski, ushbu yo‘nalishda aniq xalqaro mexanizmlar va huquqiy baza hanuzgacha yaratilmagan.” Biz bu jiddiy masalada keng xalqaro sheriklik va muvofiqlashtirilgan siyosat yuritish bo‘yicha Global pakt qabul qilish tarafdorimiz”, – dedi Prezidentimiz.

Chindan ham davlatimiz rahbarining ushbu ma’ruzasi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, unda bildirilgan takliflar kelgusida dunyo xalqlarini har tomonlama taraqqiy etishiga asos bo‘ladi.

Alijon Jalilov, 

“Yuksalish” harakatining Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari, xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati. 

O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentimiz oliy minbarda global tinchlik masalalariga urg‘u berdi