Giyohvandlik vositalarining kontrabandasi va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasining Quvasoy shahar Polmon MFY hududidan o‘tuvchi qismida noma’lum shaxslar tomonidan katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari qoldirib ketilganligi aniqlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilgan jami 7 dona qutilarda umumiy qiymati 6 mlrd 19 mln 980 ming so‘mlik 53 ming 522 dona “Regapen” va 20 ming dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 1-qismi va 2511-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dori vositalari egalarining shaxsini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari kontrabandasiga chek qo‘yildi