Joriy yilning 25 sentyabridan Toshkent shahridagi ayrim avtobus yo‘nalishlari harakatida o‘zgarishlar kiritildi.
Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.


Xususan, 138-sonli “Bunyodkor MFY – Beruniy metrosi” yo‘nalishi:
"Bunyodkor" MFYdan qaytib kelishda hamda Beruniy metrosidan qaytishda yo‘l harakati tartibida o‘zgarishlar joriy etiladi.
13T-sonli “Suvsoz mavzesi (Stadion) – Toshkent vokzali” yo‘nalishi:
Vokzaldan qaytib kelishda avtobuslar H.Bayqaro – Chirchiq bo‘yi ko‘chalari orqali harakatlanadi.
1-sonli “Humoyun mavzesi – Toshkent MUM” yo‘nalishi:
Toshkent MUMdan qaytib kelishda avtobuslar Humoyun – A.Yugnakiy – Zumrad ko‘chalari orqali harakatlanadi.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA