Joriy yilning 23 sentyabr kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi dunyodagi barcha davlatlar uchun tarixiy ahamiyatga ega voqea bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu nufuzli anjuman minbarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yangragan keng qamrovli nutq va unda ilgari surilgan amaliy tashabbuslar nafaqat mamlakatimizda, balki ilg‘or xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish va qo‘llab-quvvatlashga sazovor bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida bugungi murakkab geosiyosiy vaziyatda global institutlarning rolini kuchaytirish, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashishda birgalikda hakarat qilish, buning uchun mintaqaviy hamkorlik va integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Yangi global voqelik va BMTning roli

Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqi jahon minbaridan yangragan tarixiy chiqish, voqelik bo‘ldi, nazarimda. Sababi, ushbu nutq haqiqat sari, tinchlik va hamjihatlik sari tashlangan eng to‘g‘ri va  maqbul qadam o‘laroq qalblarga umid baxsh ayladi. Unda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar nafaqat Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, balki butun insoniyat taqdiri uchun beqiyos ahamiyatga ega ekani bilan xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uyg‘otdi va dunyoning turli mintaqa va davlatlarida o‘z ijobiy bahosini olmoqda.

Prezidentimiz o‘z nutqida, avvalo, zamonaviy dunyoda kechayotgan keskin jarayonlarni chuqur tahlil qilib berdi. Xususan, xalqaro institutlar nufuzining pasayishi, nizo va urushlarning kuchayishi, iqtisodiy va ijtimoiy inqirozlar tahdidlariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bois, “Bularning hammasi mutlaqo yangi, xavotirli geosiyosiy voqelikni vujudga keltirmoqda” dedi davlatimiz rahbari. Shu sharoitda BMTning asosiy maqsadlarini qayta hayotga tatbiq etish, uning xalqaro maydondagi nufuzini saqlab qolish naqadar zarurligi ta’kidlandi. Bunda O‘zbekiston BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning eng og‘ir va o‘tkir global masalalarni murosa bilan hal etish uchun Tashkilotimizni asosiy platforma sifatida saqlab qolishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuksak baholaymiz, degan so‘lari alohida ahamiyatga molikdir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan  “BMT – 80” tashabbuslarini to‘liq qo‘llab-quvvatlash, Kelajak uchun paktga qat’iy sodiqligimiz, shuningdek, zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, rivojlanayotgan davlatlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashini transformatsiya qilish va uning tarkibini kengaytirish tarafdori ekanligimiz mamlakatimizning pozitsiyasi sifatida bildirildi. Bularning bari O‘zbekistonni global hamjihatlik siyosatida mas’uliyatli ishtirokchi ekanini yaqqol ko‘rsatadi.

Ma’lumki, O‘zbekiston xalqaro maydonda, mintaqamizda ham hamisha o‘zining tinkliksevar siyosati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelgan. Bu xalqimiz mentalitetiga va tarixiy an’analarimizga hamohang jihatdir. Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoda Global aksilterror strategiyasini bajarish bo‘yicha samarali ishlar olib borilayotganini alohida ta’kidladi. BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda Reabilitatsiya va qayta integratsiya masalalari bo‘yicha Mintaqaviy Kengash tuzilganini e’tirof etib, O‘zbekiston uni “Xalqaro kompetensiyalar markazi”ga aylantirishni taklif etgani muhim ahamiyatga ega voqea bo‘ldi.

Albatta, bu tuzilma muammoli hududlardan qaytarilgan shaxslarni tinch hayotga moslashtirish bo‘yicha tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilishi hozirgi murakkab zamonda har tomonlama gumanitar, iqtisodiy-ijtimoiy, insonparvar davlatchilik siyosatimizga to‘liq mos keladi. Shu bois, Davlatimiz rahbarining “Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining mintaqaviy ofisi”ni O‘zbekistonda ochish uchun zarur sharoit yaratishga tayyormiz, degan so‘zlari oddiy chaqiriq emas, balki chuqur o‘ylangan amaliy ahamiyatga tashabbus sifatida baholansa to‘g‘ri bo‘ladi. Bunga bizda har tomonlama imkoniyat va salohiyat mavjud, deb hisoblaymiz.

Yangi O‘zbekiston islohotlari – barqaror rivojlanish namunasi

Davlat rahbarining jahon minbarida so‘zlagan nutqidagi markaziy yo‘nalishlaridan biri – bu Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bo‘ldi. So‘nggi yillarda kambag‘allik darajasi 35 foizdan 6,6 foizga tushirilgani, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida erishilgan ulkan natijalar, “yashil” iqtisodiyot va sanoatni rivojlantirish yo‘nalishidagi qadamlar xalqaro ahamiyatga ega islohotlar sifatida sanab o‘tildi.

Maktabgacha ta’lim qamrovining 27 foizdan 78 foizga, oliy ta’lim qamrovining esa 9 foizdan 42 foizga yetkazilgani, pedagog kasbining nufuzini oshirish, Butunjahon professional ta’lim sammitini O‘zbekistonda o‘tkazish taklifi mamlakatimizning ta’lim sohasidagi yetakchi maqsadlarini aks ettirdi.

Prezidentimiz nutqida, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli, gender tenglik masalasi alohida o‘rin oldi. Shu bilan birga, yosh avlodni tinchlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, ularning global jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlash maqsadida “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati” tashabbusi ilgari surildi. Bu o‘z navbatida, mintaqaviy hamjihatlik bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yangicha muhit shakllanganidan dalolat beradi.

Prezidentimiz nutqida bundan 8 yil avval BMTning mana shu oliy  minbaridan e’lon qilingan – Markaziy Osiyoni tinchlik va hamjihatlik makoniga aylantirish g‘oyasi bugun to‘la amalga oshirilgani alohida qayd etildi. Yopiq chegaralar, hal etilmagan bahs va nizolar davri tarixda qoldi. So‘nggi yillarda mintaqamizda o‘zaro savdo, investitsiyalar va transport tashuvlari hajmi besh barobargacha ko‘paydi. Biz qo‘shma investitsiya jamg‘armalari, chegara hududlarida savdo va sanoat zonalarini tashkil qilyapmiz, yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirmoqdamiz.

Mintaqada savdo va investitsiyalar hajmining bir necha barobarga o‘sishi, infratuzilma va chegara oldi hamkorlik loyihalarining amalga oshirilishi, davlat rahbarlari maslahat uchrashuvlari mintaqaviy integratsiyaning samarali mexanizmga aylangani tahlil etildi.

O‘zbekistonning mazkur maqsadlarga erishish uchun barcha xorijiy sheriklarimiz bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirishga tayorligi bayon etilar ekan, bu borada Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilmalari bilan mintaqamizda qator yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirishni taklif etamiz, dedi davlatimiz rahbari. Jumladan, EKOSOS va YUNKTAD shafeligida Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazish, YUNIDO bilan sanoatda “yashil” texnologiyalar mintaqaviy xabini tashkil etish, mintaqamizda suv resurslaridan oqilona foydalanish, “yashil” makon barpo etish hamda demografik barqarorlikka erishish bo‘yicha dasturlarni qabul qilish tashabbuslari bilan chiqamiz. Shu bilan birga, Bosh Assambleyaning Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy sheriklik va iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirishga qaratilgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etildi.

O‘zbekiston Prezidentining bu kabi global ahamiyatga ega tashabbuslari global, umumbashariy maqsadlarga xizmat qilishini alohida e’tirof etishimiz lozim. Chunki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va jahon hamjamiyati tashabbuslar diqqat markaziga qaratilgan: Afg‘onistonda tinchlik va iqtisodiy hamkorlikni ta’minlash; G‘azo va Ukrainadagi muammolarni siyosiy yo‘l bilan hal qilish; Orolbo‘yi ekotizimini tiklash; Suvni tejash bo‘yicha Butunjahon forumini tashkil etish; iqlim migratsiyasiga qarshi Global pakt qabul qilish takliflari nafaqat mintaqaviy, balki global barqaror taraqqiyot yo‘lida amaliy qadamdir.

Xulosa sifatida aytganda, Prezidentmiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasidagi tarixiy nutqi o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra, Yangi O‘zbekistonning ochiqlik, pragmatizm va hamjihatlik siyosatining uzviy ifodasidir, unda yangragan tashabbuslar xalqaro hamjamiyatni tinchlik, barqaror rivojlanish va hamkorlik sari chuqur tahlil va o‘zaro manfaatlar aks etgan muhim siyosiy pozitsiyadir.

Oybek TURG‘UNOV, 

Jamoat xavfsizligi universiteti 

boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston Rahbarining BMT minbaridan ilgari surgan tashabbuslari keng qo‘llab-quvvatlanmoqda