Huquqiy munosabat

Ma’lumki,  qonunchilik hujjatlariga ko‘ra magistraturada tahsil olayotgan talabalar uchun ishlashda hech qanday taqiq yoki to‘siqlar mavjud emas. Lekin bu holatda ba’zi-bir normalar mavjud.

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Kamola G‘afforova bu bo‘yicha quyidagicha tushuntirish berdi:  

– Mehnat kodeksining 118-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarida ishlashga bo‘lgan layoqat 16 yoshdan boshlanadi.  

Mehnat kodeksining 383-moddasi mazmuniga ko‘ra esa ish beruvchilar ish va o‘qishni birga olib borayotgan xodimlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi kerak.

Mehnat kodeksining 182-moddasiga ko‘ra haftasiga 40 soatlik ishlash bir stavka hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 183-184- moddalarida ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra agar xodim 1- yoki 2- guruh nogironi bo‘lsa yoki uning ishi yuqori darajadagi aqliy va asabiy zo‘riqishga olib kelsa ham ish vaqtini 40 soat emas 36 soatga qisqartirishga haqqi bor.  

Shuningdek, ushbu normalar mazmuniga ko‘ra, xodimning ish vaqti davomiyligi uning holati va sharoitidan kelib chiqib qisqartirilishi mumkin. Masalan, agar o‘qish vaqti va ish vaqti bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolsa, xodim ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi asosida ishlashi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, agar rahbar o‘qish va ishni birgalikda olib borishingiz uchun rozilik bildirsa va bu uchun sharoit yaratib bersa, o‘qish va 1 stavkalik ishni birga olib borish mumkin. Qonunchilik hujjatlarida bu uchun hech qanday taqiq mavjud emas. Bunga O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 118, 182, 183, 184 va 383-moddalari asos bo‘la oladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Magistraturaga o‘qishga kirgan xotin-qizlar bir stavkada ishlashi mumkinmi?