Koreya Respublikasining yetakchi axborot agentligi – “Yonhap” 23 sentyabr kuni Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi doirasida Prezident Li Chje Myon va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchrashuvini yoritdi.

– Prezident Li Chje Myon seshanba kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muhim foydali qazilmalar va infratuzilma sohasida hamkorlikni kuchaytirish yo‘llarini muhokama qildi, – deb yozgan nashr jumladan. – Birlashgan MillatlarTashkiloti Bosh Assambleyasi doirasida kechgan bu muhim voqea ikki davlat yetakchisilarining iyul oyida bo‘lib o‘tgan telefon suhbatidan keyin ilk bevosita muloqotdir.

Muallif Li mineral resurslarga boy O‘zbekiston va ilg‘or texnologiya bo‘yicha keng imkoniyatga ega Janubiy Koreya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik yanada kengayishiga umid bildirgani, xususan transport va infratuzilma, jumladan temir yo‘l, aeroport va avtomobil yo‘llari, shuningdek sinergiya samarasiga erishish uchun asosiy minerallar yetkazib berish zanjiri bo‘yicha hamkorlik taklif qilganiga e’tibor qaratgan.

Koreya Prezidenti O‘zbekistondagi 170 000 dan ziyod etnik koreys siyosiy va iqtisodiy faoliyat orqali o‘zaro aloqalar rivojiga munosib hissa qo‘shayotganini alohida ta’kidlagan.

Suhbat yakunida ikki davlat rahbarlari Janubiy Koreyada kelasi yil o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Koreya – Markaziy Osiyo sammiti”ni muvaffaqiyatli uyushtirishda hamkorlik bo‘yicha ham kelishib olganiga urg‘u berilgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Janubiy Koreya Prezidentlari turli sohalarda hamkorlik masalalarini muhokama qildi