Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning 80 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda nutq so‘zlaydi. Bu davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasidagi 5-chiqishi bo‘ladi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbari har gal jahon minbarlarida insoniyatni tashvishga solib kelayotgan dolzarb global muammolarga yechim topish bo‘yicha aniq takliflarni ilgari surib kelgan. Shubhasiz, xalqaro maydonda O‘zbekistonning siyosiy pozitsiyasi, umuminsoniy qadriyatlarga tayangan tashabbuslari yuksak baholangan, qo‘llab-quvvatlangan. Birgina misol: mamlakatimiz tashabbusi bilan 2018-2025 yillarda BMT BA 13 rezolyutsiya, o‘nlab tashabbuslar qabul qildi. Binobarin, Prezidentimizning Nyu-Yorkka bu galgi tashrifi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, mamlakat manfaatlarini jahon miqyosida ilgari surish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Shavkat Mirziyoyev AQSHda an’anaga muvofiq ko‘plab davlatlar yetakchilari, xalqaro tashkilotlar, yirik moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashmoqda. Siyosiy aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy sheriklik ko‘lamini kengaytirish, sarmoyaviy loyihalar amalga oshirish masalalari muhokama qilinyapti. AQSHning yetakchi korporatsiya va kompaniyalari rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar, davra suhbatlarida yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoit, yangi qo‘shma loyihalar muhokama qilinmoqda.

Ma’lumki, 2023 yil qabul qilingan Yangi O‘zbekiston-2030 strtategiyasi BMT Bosh kotibi tomonidan yuksak baholangan.

BMT va tuzilmaning barcha institutlari ushbu dasturiy hujjatni amalga oshirishga ko‘maklashadi, – degandi Antoniu Guterrish BMT BA 78-sessiyasi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashganda.

O‘shanda Bosh kotib O‘zbekistonning yangi islohotlar strategiyasi maqsad va vazifalari ko‘lami nuqtai nazaridan BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘la mos kelishini e’tirof etib, davlatimiz yetakchisining jahon tashkiloti minbarida bildirib kelayotgan taklif va tashabbuslari dolzarb global va mintaqaviy muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida e’tirof etgan.

O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan ana shunday muhim tashabbuslardan biri Orol bo‘yi mintaqasida yuzaga kelgan ekologik vaziyatni o‘nglash maqsadini ko‘zlaydi.

Umuman, Shavkat Mirziyoyev har gal jahon minbarlarida chiqish qilganda xalqaro hamjamiyat e’tiborini mintaqamizdagi ekologik vaziyatga, ayniqsa Orol muammosiga qaratib keladi. Dengiz qurishi Orol bo‘yi mintaqasini “ekologik ofat o‘chog‘iga” aylantirganini eslatadi. Doim ushbu muammoni xalqaro hamjamiyat bilan birga hal qilish taklifini ilgari suradi. Zero, Orol muammosi bugungi kunda nafaqat O‘zbekiston yoki Markaziy Osiyo, balki global muammoga aylangan.

Prezidentimiz Bosh Assambleya 75-sessiyasi ishtirokchilariga video murojaat qilar ekan, Orol bo‘yi hududini ekologik innovatsiya va texnologiyalar zonasi, sifatida e’lon qilish taklifini kiritgani fikrimizga yana bir yaqqol misol.

BMT Bosh Assambleyasi mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, mintaqani “ekologik innovatsiya va texnologiyalar zonasi” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi 50 dan ortiq davlat hammualliflik qilgan rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi.

– O‘tgan yuz yil davomida bunday global miqyosdagi ofat bo‘lmagan, – degan edi o‘shanda Prezident. – Bu holat butun insoniyatning global tahdidlarga zaifligini namoyon etdi. Hozirgi murakkab va keskin vaziyat dunyodagi barcha davlat va xalqlar o‘zaro bog‘liqligi, muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik alohida ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining mavqei va salohiyatini oshirish hamda vakolatini kengaytirishga chaqirdi.

Markaziy Osiyo mintaqasi, jumladan qariyb 38 million aholisi bor O‘zbekistonda ayni payt, ayniqsa, qishloq joylarida suv tanqisligi jiddiy muammo sifatida yuzaga chiqmoqda. Shu bois mamlakatimiz Yevropa iqtisodiy komissiyasi – Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Suv va salomatlik bo‘yicha protokoliga qo‘shilgan birinchi Markaziy Osiyo davlati bo‘ldi.

2025 yil 17 aprelda BMT BA O‘zbekiston va Kongo tashabbusi bilan “Birlashgan Millatlar Tashkilotining o‘rmonlarni barqaror boshqarish tamoyiliga muvofiq o‘rmonlarni o‘stirish va qayta tiklashning o‘n yilligi” rezolyutsiyasini qabul qildi.

80 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ushbu hujjat asosida “2027-2036 yillar o‘rmonlarni o‘stirish va qayta tiklash bo‘yicha o‘n yillik” deb e’lon qilindi.

BMT Bosh Assambleyasi bir ovozdan 2027 yilni Xalqaro barqaror turizm yili sifatida e’lon qilishi yana bir tarixiy voqeadir. Bu haqdagi tegishli rezolyutsiya O‘zbekiston va Maldiv orollari tashabbusidir. Mazkur hujjat  a’zo davlatlar va BMT tizimini izchil tashabbuslar orqali barqaror turizm, jumladan ekoturizm rivojini ta’minlash uchun samarali choralar ko‘rishga chaqiradi. Barcha manfaatdor tomonlarga Xalqaro yil g‘oyasini keng ko‘lamda, jumladan xalqaro hamkorlik orqali faol ilgari surish, barqaror turizmni qo‘llab-quvvatlashdan barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish va tezlashtirish vositasi sifatida foydalanishni tavsiya qiladi.

O‘zbekistonning yana bir  tashabbusi bilan “Yoshlar huquqi bo‘yicha do‘stlar” guruhi tashkil etilgan. Ma’lumot uchun, BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasi umumiy muhokamasi chog‘ida Prezidentimiz Yoshlar huquqi to‘g‘risidagi konvensiyani qabul qilish taklifini bergan edi. Respublikamizning bu tashabbusi ham xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Bugungi kunga qadar Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya kabi o‘nlab davlat ushbu guruhga qo‘shilgan.

Dunyoda 2 milliardga yaqin yoshlar istiqomat qilmoqda – bu insoniyat tarixidagi eng kuchli avlod.

Yoshlar huquqi do‘stlari guruhining asosiy maqsadi yoshlar siyosati tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yoshlar huquqi bo‘yicha xalqaro huquqiy hujjat ishlab chiqish sa’y-harakatini rag‘batlantirishdan iborat.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiyasida so‘zlagan nutqida aytib o‘tganidek, Markaziy Osiyoni tinch va farovon mintaqaga aylantirish O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor maqsadi bo‘lib qoladi. Bunday oliy maqsadni amalga oshirishda davlatimiz shubhasiz BMT bilan faol hamkorlik qiladi. Qolaversa, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham har gal davlatimiz rahbari bilan uchrashganda O‘zbekiston BMTning ishonchli hamkori, deya e’tirof etib keladi.

S.Rahimov, O‘zA sharhlovchisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston tashabbuslari umuminsoniy qadriyatlarga tayangan