Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining o‘n uchinchi Xalqaro yuridik forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Baxtiyor Islomov Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi raisi v.v.b. Yuriy Ivanenko bilan uchrashdi.

Ikki mamlakat oliy sud organlarining o‘zaro munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan muloqot davomida O‘zbekiston – Rossiya o‘rtasida do‘stona va strategik sheriklik aloqalarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlash dolzarbligi qayd etildi. 

Bu borada ikki davlat sud hokimiyati organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish alohida o‘rin tutishi e’tirof etildi.

B.Islomov “Yangi O‘zbekiston – yangi sud” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari haqida to‘xtalib o‘tdi. 

Sud-huquq tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini takomillashtirish, xorijiy investorlar huquqlarini sud orqali himoya qilishning samarali mexanizmi, sudlarni moliyalashtirish tizimi, sudyalarni tanlash va tayinlash tartibi takomillashgani qayd etildi.

Tergov sudyalari instituti hamda sudlar faoliyatini raqamlashtirish va unga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar samara berayotgani ta’kidlandi. 

Yu.Ivanenko O‘zbekistonda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari haqida o‘zining ijobiy fikrlarini bildirdi.

Muloqot konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Rossiya Oliy sudlari raislari hamkorlikni mustahkamlash haqida fikr almashdi