Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hududida quvvati 1 573 megavatt bo‘lgan “Sirdaryo–2” issiqlik elektr stansiyasi qurilishi jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Loyihani 2026 yil iyun oyida ishga tushirish mo‘ljallangan. U faoliyat boshlashi bilan mamlakat iqtisodiyoti va aholisining elektr energiyasiga bo‘lgan talabining qariyb 17 foizi qondiriladi.

Zamonaviy bug‘-gaz texnologiyasi asosida barpo etilayotgan mazkur stansiya yillik 10 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, har yili 2 milliard kub metrga yaqin tabiiy gaz tejaladi, atmosferaga chiqadigan zararli moddalar miqdori keskin kamayadi. Mutasaddilar ta’kidlashicha, mazkur inshoot kelgusida qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan integratsiya imkoniyatini ham kuchaytiradi.

“Sirdaryo–2” qurilishi 2023 yil mart oyida boshlangan. Loyihaga Xitoy, Qatar va Yaponiya kompaniyalari sarmoya kiritib, “Enersok” qo‘shma kompaniyasi tashkil etilgan. Qurilish ishlariga Turkiya, Pokiston va Fransiyadan ham mutaxassislar jalb etilgan. Ayni vaqtda maydonda 1,5–2 ming nafar ishchi mehnat qilmoqda, ularning kamida yarmi mahalliy aholi vakillaridir.

— Asbob-uskunalar o‘rnatish va ishga tushirish ishlari rejaga muvofiq ketmoqda. Loyiha tugallangach, O‘zbekiston xalqi ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlanadi, — deydi loyiha rahbarining o‘rinbosari, xitoylik mutaxassis Jing Hongru.

Uning so‘zlari bejiz emas. Chunki stansiya ishga tushgach, nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki ekologik barqarorlikka ham xizmat qiladi. Ya’ni ishlab chiqarish hajmi ortishi bilan birga, tabiiy resurslar tejaladi, atmosferaga chiqadigan zararli chiqindilar miqdori kamayadi.

Mamlakatimizda energetika tizimini modernizatsiya qilish va yangi quvvatlarni ishga tushirish ishlari izchil davom etmoqda. Prezidentimiz qiymati 3,7 milliard dollarlik 18 ta yangi quvvatni ishga tushirish, 6 ta yirik loyiha qurilishini boshlab berdi. “Sirdaryo–2” ana shu keng ko‘lamli islohotlar manzarasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

“O‘zbekiston Qahramoni” Mirzaahmad Shoimov bu haqda shunday deydi:

— Stansiya qurilishi — yurtimizdagi ulkan o‘zgarishlarning yorqin ifodasi. Bu xalqimiz uchun yorug‘ kelajak timsolidir.

Darhaqiqat, Sirdaryoning qo‘ng‘ir tuprog‘ida qad rostlayotgan bu ulkan inshoot nafaqat viloyat, balki butun mamlakat, hatto mintaqa energetik xaritasini o‘zgartirishi kutilmoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishlar yakunlangach, yurtimiz ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlanadi