Boyovut tumanida fermerlar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samarasi sezilarli bo‘lmoqda. Tuman Fermerlar kengashi tashabbusi bilan sudlarga umumiy qiymati 12,5 milliard so‘mlik 76 ta da’vo arizasi kiritildi. Ularning 68 tasi qanoatlantirilib, jami 11,2 milliard so‘m mablag‘ni undirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bu haqda tuman Fermerlar kengashi rahbari Barno Holmuhammedova tashabbusi bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. Unda kengashning qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, fermerlarning qonuniy huquqlarini ta’minlash hamda ularni moddiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi ishlar atroflicha muhokama etildi.

Anjumanda ta’kidlanishicha, qarzdor tashkilot va korxonalarga 16 ta fermer xo‘jaligi foydasi uchun 1,2 milliard so‘mlik talabnomalar kiritilgan. Ulardan 10 tasi ijobiy hal etildi va 0,8 milliard so‘m mablag‘ ixtiyoriy ravishda qaytarildi. Shuningdek, fermerlardan kelib tushgan 124 ta huquqiy murojaat ko‘rib chiqilib, ular foydasiga yana 2,8 milliard so‘m undirib berish ta’minlandi.

Joriy yil tumanda 35 ta fermer xo‘jaligi ko‘p tarmoqli yo‘nalishda ish boshladi. Ular chorvachilik, bog‘dorchilik, parrandachilik kabi sohalarni qamrab olgan bo‘lib, qishloq aholisi uchun yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, 14 ta xo‘jalikda yomg‘irlatib va tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etildi.

Fermerlarga yer maydonlaridan samarali foydalanishda ko‘mak berish maqsadida lazerli yer tekislagich texnikalar xarid qilinmoqda. Shu yo‘nalishda “Agrosubsidiya” AJ orqali 1 milliard 250 million so‘mlik subsidiya ajratish masalasi yuzasidan xulosalar tayyorlandi. Shuningdek, muddati kechikkan beshta subsidiya hujjatlaridagi kamchiliklar bartaraf etilishi uchun tegishli idoralarga murojaatlar yo‘llandi.

Anjuman yakunida alohida ta’kidlandi: fermerlar ishonchi va huquqiy himoyasi — Fermerlar kengashi faoliyatining asosiy yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermerlar foydasiga 11,2 milliard so‘m undirildi