Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, shovqinning inson salomatligiga salbiy ta’siri o‘rganilganda, shovqin darajasi 100 detsibel bo‘lsa, karlikka olib kelishi, 140 bo‘lsa, quloq pardasi yorilib, hatto kontuziyaga sabab bo‘lishi, 160 detsibel bo‘lsa, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin. Shu bois, aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish muhim masalalardan.

Bu borada shovqinning zararli ta’siri natijasida yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya sud tartibida undirilishi belgilanmoqda.  

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

— Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar bilan birga, aholi va sanoat korxonalari soni oshishi, shaharlarning kengayib borishi kabi omillar natijasida aholining maishiy hayotida shovqinning salbiy ta’siri ortib bormoqda, — dedi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi X.G‘afforov. — Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan mazkur qonun loyihasi bilan fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar oralig‘ini amaldagi yetti soatdan (soat 23:00 dan 06:00 gacha) sakkiz soatga (soat 23:00 dan 07:00 gacha), dam olish kunlari va qonunchilik bilan belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari esa soat 22:00 dan 09:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘iga o‘zgartirish taklif etilmoqda.  

Ushbu vaqt oralig‘ida fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirilyapti. 

Shuningdek, aholi istiqomat qiladigan ko‘p kvartirali uylarda shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasidan oshadigan qurilish va ta’mirlash ishlarini ish kunlari soat 09:00 dan 18:00gacha amalga oshirish mumkinligi belgilab qo‘yilmoqda.

Shovqinning zararli ta’siri uchun kompensatsiya to‘lash shovqinning zararli ta’sirining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni bajarishdan ozod etmasligi, shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasidan yuqori bo‘lgan mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning mehnati uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka asosan oshirilgan miqdorda haq to‘lanishi belgilanmoqda. Qonun loyihasi fuqarolarning ruhiy va jismoniy sog‘lig‘ini himoya qilish, ekologik osoyishtalikni ta’minlash hamda shovqin manbalarini qat’iy tartibga solish uchun muhim huquqiy zamin yaratadi, — dedi qo‘mita raisi.

Muhokamalarda deputatlar bir qator savollarni o‘rtaga tashladilar. Jumladan, shovqinning zararli ta’sirini, organizmda qanday o‘zgarishlarni yuzaga keltirganini qay tartibda aniqlashtirish mumkinligi bilan qiziqdilar. Bu borada kim ekspertiza o‘tkazadi, qanday tashxis qo‘yiladi, degan savollar ko‘tarilib, ushbu jihatlar loyihada batafsil ochib berilmaganini ta’kidladilar.  

Qizg‘in bahs-munozara va savol-javoblardan so‘ng ayrim normalarni qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish zarurligi aytildi va shu maqsadda mas’ul qo‘mitaga qaytarildi.

Muhtarama Komilova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shovqinning zararli ta’siri uchun kompensatsiya undirilishi mumkin