Inson tabiatan beqiyos qudrat sohibi. Uning qalbida iroda, ongida cheksiz fikr, qo‘lida esa butun olamni o‘zgartirish salohiyati mujassam. Tarixga nazar tashlasak, toshlardan turli buyumlar yasagan, olov yaratgan, osmonni zabt etgan, fazoga parvoz qilgan ham aynan inson salohiyatidir.

Hayotda to‘siqlar, qiyinchiliklar bo‘ladi. Lekin ular insonni sinash, uning ichki kuchi va jasoratini yuzaga chiqarish uchun beriladi. Qiyinchilikka duch kelgan odam “men uddalay olaman” deb ishonsa, u albatta muvaffaqiyatga erishadi. Chunki inson uchun imkonsizlik yo‘q, faqat sabr, harakat va ishonch kerak.

Xitoy Xalqaro matbuot markazi (CIPCC) tomonidan tashkil etilgan 2025 yilgi ta’lim loyihasi doirasida Sian shahri yaqinida dronlar uchun sinov bazasi va boshqaruv markazida bo‘ldik. Eng qiziqarli tomoni, tashrif davomida istagi bor ishtirokchiga dronlarni o‘z qo‘li bilan boshqarish imkoniyati taqdim etildi.

Qo‘limga  dron boshqarish pultini olayotganimda kuchli hayajonlandim. Chunki bu kichik qurilma shunchaki o‘yinchoq emas, balki zamonaviy texnologiya va ilm-fan yutuqlarining jonli namunasi.

Ha, men ilk marotaba o‘z qo‘llarim bilan  boshqargan dronlarning havoga ko‘tarilishini, uning osmonda erkin suzishini  ko‘rdim  va bu boshqaruv mening qo‘limda ekanligini  his etdim.  

Angladimki, inson qo‘li va aqlida beqiyos qudrat bor. Bir paytlar orzu va fantastika deb hisoblangan narsalar bugun real hayotimizga kirib kelmoqda. Dronni boshqarish menga katta saboq bo‘ldi. Men tushundimki,  agar qo‘rqmasdan harakat qilsangiz, o‘rgansangiz va amalda sinab ko‘rsangiz — siz ham orzularingizga qanot qo‘shasiz. Bu tajribadan  hayotda yangi qadam tashlashdan hech qachon qo‘rqmaslikni, har  ishda olg‘a yurishni, jasoratli bo‘lishni tushundim,  imkoniyatlarim naqadar cheksizligini anglab yetdim.

Dunyoda har bir yangi texnologiya inson hayotiga o‘zgarish va yangicha imkoniyatlar olib kiradi. Bugungi kunda shunday ixtirolardan biri – dronlar. Ular nafaqat vaqt va mehnatni tejaydi, balki inson tafakkurini kengaytiradi, orzu va maqsadlarga yangi qanot qo‘shadi.

Inson dronlarni, dronlar esa kelajakni boshqaradi.

Xitoy dron texnologiyasi bo‘yicha dunyoda yetakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi.    

Qayd etilishicha, Sian aviatsiya sanoati markazida  AVIC (Aviation Industry Corporation of China) va CASIC (China Aerospace Science and Industry Corporation) kabi yirik korporatsiyalar filiallari joylashgan. Markazda kichik hajmdagi dronlardan tortib, strategik razvedka uchun katta dronlargacha ishlab chiqariladi.  Bu dronlar nafaqat kamerali va ko‘ngilochar, balki professional va harbiy maqsadlar uchun ham mo‘ljallangan.  Sian shahridagi mavjud  sinov bazalarida   dronlar va turli xil havo qurilmalari tajriba-sinovdan o‘tkaziladi,  ularning xavfsizligi va ishlash samaradorligi tekshirilib boriladi. Parvoz barqarorligi, yuk ko‘tarish quvvati, masofa va vaqt ko‘rsatkichlari nazoratdan o‘tkaziladi.

Mazkur dronlar  Xitoy armiyasida razvedka, chegara xavfsizligi va mudofaa operatsiyalarida, qishloq xo‘jaligida yerni kuzatish, dorilar va o‘g‘itlarni havodan sepishda, ekologiya va fan yo‘nalishida  havo ifloslanishi monitoringi va tabiiy ofatlar paytida qidiruv-qutqaruv ishlarida hamda  logistikada  kichik yuklarni tez va arzon yetkazish masalalarida  ishlatiladi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, Sianda ishchi kuchi va texnologiyalar nisbatan arzonligi sababli dronlar jahon bozorida raqobatbardosh.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki,  mamlakatimizda ham madaniyat sohasida, turizmni rivojlantirishda, qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishda, qurilish va monitoring ishlarida Xitoyda ishlab chiqarilgan dronlarning  bir necha turidan  keng foydalaniladi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Ly3NlEF5RFY?si=w5kEku1x0NY7eajp" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Toshqorayeva, Iskandar Ismatov,  O‘zA

Xitoy, Sian

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson dronlarni, dronlar esa kelajakni boshqaradi (+video)