Sankt-Peterburg shahrida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining XIII Xalqaro yuridik forumi tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Baxtiyor Islomov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. 

Anjumanda soliqqa oid huquqiy munosabatlarda xalqaro iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining sud himoyasi hamda sudlar tomonidan bojxona nizolarini ko‘rishning dolzarb masalalari muhokama etildi.

Delegatlar sudlar tomonidan raqobat himoyasi to‘g‘risidagi qonunchilikni qo‘llashning milliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Sanoat mulki sohasida sud amaliyotini uyg‘unlashtirish masalalari bo‘yicha fikr almashdi.

Anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston sudlarida monopoliyaga qarshi qonunchilikni qo‘llash tajribasi hamda tovar va xizmat ko‘rsatish belgilariga oid huquqlarning sud himoyasi amaliyoti bilan tanishtirildi.

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo-tinch okeani mamlakatlarining XIII Xalqaro yuridik forumi o‘tkazildi