Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili va tuzilmaning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze Namanganda o‘tkazilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” mavzusidagi III xalqaro forumda ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan edi.

Tashrif doirasida Kaxa Imnadze “Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaradosh hududlarida hamkorlik orqali umumiy farovonlik”da ishtirok etayotgan uy xo‘jaliklari loyihasi bilan tanishdi. Mazkur qo‘shma loyiha BMT Bosh kotibining Tinchlik qurish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan.

– Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik insonlar va jamoalar hayotida aniq yutuqlarga olib kelayotganiga guvoh bo‘ldim, – dedi Kaxa Imnadze. – Ilg‘or qishloq xo‘jaligi amaliyotlari joriy etilib, turmush sharoiti yaxshilangan va chegaradosh hududlarda hamkorlik kuchaygan.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, ushbu tashabbus O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradosh hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolik jamiyati o‘rtasida ishonchni mustahkamlash, shuningdek, ayollar va yoshlar uchun yangi imkoniyat yaratishga qaratilgan.

Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT maxsus vakili: Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlik aniq yutuqlarga olib kelmoqda