AQSHning Chikago shahri merining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Susana Angelina Mendoza boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasi Buxoroga keldi va mehmonlar Buxoroning go‘zal me’moriy obidalaridan biri Sitorai Mohi Xossada bo‘ldi.

Shundan so‘ng mehmonlar viloyat hokimi Botir Zaripov bilan uchrashdi. Uchrashuvda viloyat rahbari mehmonlarni Buxoroga tashrif bilan qutlab, O‘zbekiston – Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanib borayotganligini alohida ta’kidladi. Susana Angelina Mendoza  xonimning tashrifi ushbu jarayonni yangi bosqichga olib chiqishini qayd etdi. Shuningdek, uchrashuvda Buxoro tarixi, uning rivojlanish istiqbollari, O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlar, qulay geografik joylashuv va iqlim haqida so‘z bordi. 

Uchrashuvda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish, savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash va boshqa dolzarb masalalar xususida fikr almashildi. Xususan, xizmat ko‘rsatish va logistika sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator takliflar o‘rtaga tashlandi.

 O‘z navbatida mehmon samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, savdo iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish uning eng muhim vazifalaridan biri ekanligini qayd etdi.

Zarif Komilov, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – AQSH: o‘zaro hamkorlik rivojlanmoqda