Soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2025 yil 22 sentyabr holatiga ko‘ra, hisobotni kechiktirib taqdim etgan 53 478 ta sub’ektda huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilgan va 30 kun ichida ixtiyoriy bartaraf etilgani sababli jarimalar qo‘llanilmadi faqat ogohlantirish berildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi 11-qismiga muvofiq, hozirda yana 6 738 ta korxonada ushbu imkoniyat mavjud. Agar 30 kun ichida kamchilik bartaraf etilsa, jarimadan ozod etiladi.
Natijada ularga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan 171,6 mlrd. so‘mlik ma’muriy jarimalar soliq to‘lovchilar ixtiyorida qoldi.
Eslatib o‘tamiz: o‘z vaqtida taqdim etilmagan har bir soliq hisoboti uchun BHMning 10 baravari miqdorida – 4 120 000 so‘m jarima qo‘llaniladi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA