FOTOREPORTAJ

Joriy yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida Surxondaryo viloyati hududidan “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga Davlat kadastrlar palatasi tomonidan jami 4 ming 486 ta, ya’ni 611 gektar bo‘sh yer uchastkalari kiritilgan. Shundan 1 ming 396 tasi, ya’ni 220 gektari auksion savdosiga chiqarilgan. Shuningdek, tizim orqali jami 970 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 569 tasiga ijobiy xulosa berilgan, 390 tasi rad etilgan, 11 ta murojaat ko‘rib chiqish jarayonida.

Sohada amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar va tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan fuqarolarni yaqindan tanishtirish maqsadida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmalari hamkorligida “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilish jarayonlari” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi.

– Prezidentimizning tegishli Farmoniga asosan, viloyatda 480,4 gektar yer uchastkalarini elektron auksion savdosiga chiqarilishi belgilangan, - deydi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi yer uchastkalarini realizatsiya qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi Odil Shodmonov bo‘lib. – Joriy yilning o‘tgan davri davomida 355,3 gektar yer uchastkasi auksion savdoga chiqarildi. 106,3 gektar, 1 ming 172 ta lot yer uchastkasi 78,9 milliard so‘mga sotilishi ta’minlandi. Bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni biryo‘la amalga oshirgan xaridorlar mazkur yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi berildi.

[gallery-25399]

Matbuot anjumanida ishtirokchilarga yer uchastkalari, binolarni ijaraga olish va sotib olish, elektron onlayn auksion orqali ro‘yxatdan o‘tish tartiblari haqida batafsil tushuntirish berildi. 

Jonibek QO‘ZIMURODOV  (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi