O‘qituvchi, murabbiylarning ta’lim-tarbiyasi avloddan-avlodga o‘tib, millat va xalq rivojiga, jamiyat va davlat taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadi. Zero, ustozlarning zimmasida juda ham buyuk mas’uliyatli vazifa yuklangan. Bu ham bo‘lsa, kelajagi buyuk davlat uchun komil, har tomonlama yetuk va barkamol, ma’nan va axloqan pok, vatanparvar va insonparvar insonlarni tarbiyalab chiqarish vazifasi. Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, tarbiyachining o‘zi tarbiyali bo‘lishi lozim.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" Farmoni e’lon qilindi. Ushbu Farmonda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Arabshunoslik oliy maktabi professori Shamusarov Sharustam Giyazovich — "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi.
Bugungi lavhamizda qahramonimizning hayot yo‘li, o‘qituvchilik kasbining mas’uliyati, sohadagi o‘zgarishlar haqida batafsil suhbatlashdik.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/gShQtsCQn34?si=Fy8XcM7Eqk2bKVkn" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA