Futzal bo‘yicha 2026 yilning 27 yanvar kunidan 7 fevraliga qadar Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi saralash bahslarida birinchi tur uchrashuvlar yakunlandi.

Biz uchun ahamiyatli bo‘lgan saralashning “F” guruhida O‘zbekiston terma jamoasi ilk turda Falastin termasini 7:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, ushbu guruhdagi bahslar mezboni bo‘lgan Qirg‘iziston 9:1 hisobida Sharqiy Timor ustidan zafar quchdi. Endi 22 sentyabr kuni ikkinchi turda O‘zbekiston - Sharqiy Timor, Qirg‘iziston – Falastin terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Kuvaytda o‘tayotgan “A” guruhida mezbonlar 4:1 hisobida Hindiston ustidan zafar quchdi va keyingi turda Avstraliya termasiga 8:1 hisobida taslim bo‘lgan Mo‘g‘uliston bilan o‘ynaydigan bo‘ldi. Hindiston esa 2-turni avstraliyalik futzalchilarga qarshi o‘tkazadi.  

Tailand mezbonligida o‘tayotgan “B” guruhidagi ilk turda Janubiy Koreya 2:0 hisobida Bahraynni dog‘da qoldirdi. Mezbonlar Bruney darvozasiga 15 ta gol urdi va 1 ta gol o‘tkazib yubordi. Ikkinchi turda Tailand – Bahrayn, Janubiy Koreya – Bruney o‘zaro to‘qnash keladi.

“C” guruhida Tojikiston 10:2 hisobida Makaoni yengdi. Yaponiya terma jamoasi Kambodja darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi. Navbatdagi tur uchrashuvlarida Tojikiston muxlislari oldida Kambodja bilan kuch sinashadi.  Yaponiya esa Makaoni sinovdan o‘tkazadi. “E” guruhida Xitoy muxlislari oldida  Livanga 1:2 hisobida taslim bo‘ldi va uchinchi tur oldidan Hongkong termasini 9:1 hisobida mag‘lub etgan Vetnam bilan kuch sinashish huquqini qo‘lga kiritdi.

“G” guruhi mezboni Malayziya yagona gol evaziga BAA terma jamoasini taslim etdi. Eron esa Bangladesh darvozasini 12 bora ishg‘ol qildi. Mazkur guruhdagi ikkinchi turdan Bangladesh – Maylayziya va Eron – BAA termalarining bahsi o‘rin olgan.  

Myanmada o‘tayotgan “H”  guruhida bor yo‘g‘i uchta terma jamoa ishtirok etmoqda. Shu bois ham ilk turda bitta o‘yin tashkil etildi unda Afg‘oniston 10:1 hisobida Maldiv orollarini mag‘lubiyatga uchratdi. 22 sentyabr kuni Myanma o‘zining birinchi uchrashuvini Maldiv orollariga qarshi o‘tkazadi.  

Eslatib o‘tamiz, “D”  guruhidagi saralash bahslari Saudiya Arabistonida 18-22 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo kubogi yo‘llanmasi uchun saralash bahslarida ilk tur yakunlandi