Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionatining 22-turi doirasida “Xorazm” — “Qo‘qon-1912”, “Buxoro” — “Navbahor” va “Neftchi” — “Dinamo” klublari o‘rtasidagi bahslar kutilmagan natijalar bilan yakunlandi.

Dastlab,  “Xorazm” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” klubi bilan nursiz durang qayd etdi. “Neftchi” esa Farg‘onada “Dinamo” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan holda muhim uch ochkoni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi. 

 Superliganing 22-turidan o‘rin olgan “Buxoro” va “Navbahor” jamoalari bahsi 5:0 hisobida o‘z yakuniga yetdi. Uchrashuvda Dominik Begich raqib darvozasini uch marotaba ishg‘ol etgan bo‘lsa, Toma Tabatadze dubl qayd etdi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, “Buxoro” klubi 2016 yildan buyon raqiblar darvozasiga beshta gol ura olmayotgan edi.

Bugun, 21 sentyabr kuni chempionat bahslarining so‘nggi kunida “Andijon” – “So‘g‘diyona” va “Qizilqum” – “Nasaf” jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Buxoro” jamoasi: 9 yil kutilgan natija qayd etildi