Mamlakatimizda matbuot va ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning emin-erkin ijod qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, bundan ikki yil avval “Namangan haqiqati” va “Namanganskaya pravda” gazetalari tahririyati hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi, respublika ommaviy axborot vositalarining viloyatdagi muxbirlik punktlari joylashgan “Matbuot uyi” Prezidentimizning 2020 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida 2,6 milliard so‘m mablag‘ evaziga tubdan yangilanib, zamonaviy qiyofaga keltirildi.

To‘rt qavatli “Matbuot uyi”da ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun barcha qulayliklar yaratildi, ish joylari zamonaviy texnika va jihozlar bilan ta’minlandi. Yangi qiyofaga ega bo‘lgan inshoot nafaqat ijod ahli uchun munosib mehnat maskaniga, balki shahar ko‘rkiga aylandi.

Biroq, bugunda “Matbuot uyi” oldidagi holat achinarli holga kelgan. Tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan bir qator noqonuniy qurilmalar binoning tashqi qiyofasiga putur yetkazmoqda. Ayrim tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan turli reklama va har xil yozuvlarni ilish bahonasida ma’naviyat maskani binosining tashqi fasadiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Buning oqibatida esa, yurtimiz matbuotining qiyofasi sanalgan mazkur inshoot o‘zining me’moriy ko‘rinishini yo‘qotmoqda.

Viloyat “Matbuot uyi” oldida shaharsozlik qoidalariga zid ravishda joylashgan muzqaymoqxonada ovoz kuchaytirgich vositalari orqali baland ovozda shovqinga sabab bo‘layotgani jiddiy muammoga aylanmoqda. Bu holat binoda ijodiy osoyishta mehnat qilayotgan qalam ahliga xalal berib, ish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Tashqi shovqinning ortiqcha darajada balandligi nafaqat xodimlar ishiga, balki umumiy muhitga ham noqulaylik tug‘dirmoqda. Bino atrofida avtomashinalarning betartib joylashtirilishi tufayli piyodalarning erkin harakatiga xalal qilmoqda. Yo‘l harakati qoidalariga amal qilinmasligi hamda belgilangan avtoturargoh yo‘qligi bu holatning yanada avj olishiga sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, binoning tashqi old qismidagi tadbirkorlar o‘z do‘kon va xizmat ko‘rsatish nuqtalari oldiga axlat qutisi o‘rnatmagani bois odamlar istalgan joyga chiqindilarni tashlashga majbur. Bu esa bino va uning atrofida tozalik va obodonchilikka salbiy ta’sir ko‘rsatib, shahar ko‘rkini buzmoqda.

– “Matbuot uyi”da ishlashimiz uchun yaratilgan sharoitlar talab darajasida. Biroq, bino oldidagi noqonuniy qurilmalar va savdo nuqtalaridagi ovoz kuchaytirgichlar orqali shovqin ijod ahliga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, – deydi “Namanganskaya pravda” gazetasi maxsus muxbiri Altinbek Baybulatov. – Bizning ijodiy dargoh nafaqat jurnalistlar, balki viloyat ma’naviy muhiti uchun ham muhim maskandir. Shu sababli, uning tashqi ko‘rinishiga zid bo‘lgan har qanday savdo va reklama faoliyati bartaraf etilsa, binoning qiyofasi va ijodiy jo‘shqinlik qayta tiklanadi. Shuning uchun mas’ullar bu masalaga tezkor e’tibor qaratishi zarur.

“Matbuot uyi” binosining birinchi qavatida hozirgi kunda ayollar kiyim do‘koni, gilam do‘koni, telefon aksessuarlari va turli maishiy savdo nuqtalari joylashgan. Biroq mantiqan olib qaralganda, ijod va ma’rifat maskanining qiyofasiga bunday savdo turlari mos kelmaydi. Aslida, bu yerda ishbilarmonlar tashabbus ko‘rsatishgani holda, ziyolilar ehtiyojiga xizmat qiladigan kitob do‘konlari, kanselyariya mollari, foto studiyalar va ijod ahliga tegishli tovarlar savdo nuqtalari, yoki gullar shahriga monand ravishda nafosat do‘konlari bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bu nafaqat uyg‘unlik yaratadi, balki “Matbuot uyi”ning ma’naviy qiyofasi va ijodiy muhitiga ham munosib tarzda xizmat qilgan bo‘lar edi.

Ishonamizki, tegishli davlat idoralari mas’ullari ayni shu masalaga alohida e’tibor qaratishadi va “Matbuot uyi” xodimlari erkin ijod qilishlari hamda bino oldidagi noqonuniy qurilmalarning bartaraf etilishini ta’minlashadi. Zero, “Matbuot uyi” nafaqat jurnalistlar uchun mehnat va ijod maskani, balki viloyat ma’naviy muhitining muhim markazidir. Shu bois, uning qiyofasi va atrofi hamisha tartibli, osoyishta va uyg‘un holda saqlanishi maqsadga muvofiq.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Matbuot uyi” ko‘ngilochar maskanga aylandimi?