FOTOREPORTAJ

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalariga start berildi.

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan tantanali tadbirda respublikamizdagi barcha oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etdi.

Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, sport vaziri Adham Ikromov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ko‘ng‘irotboy Sharipov, raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, DXX raisi o‘rinbosari Jahongir Jo‘rayev, Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari Abdulaziz Mo‘minov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov qatnashdi.

[gallery-25383]

Tadbir davomida yurtimiz sport sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov,  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Ibodullayev, O‘zbekiston jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon To‘xtasinov,  Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov,  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Mahkamov   “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Jismoniy tayyorgarlik” sport sinovlarining maxsus talablarini bajarib g‘olib va sovrindor bo‘lgan 22 nafar talabaga I, II va III darajali “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishoni hamda sport formalari taqdim etildi.

      O‘zA fotomuxbiri

Muhammad AMIN olgan suratlar

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Besh tashabbus olimpiadasi» musobaqalariga start berildi