Bekobod tumani Mallaboy mahallasida 3 ming 256 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda 882 ta oila va 635 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda 63 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatga olingan.

Bugungi kunda aholining turmush darajasini oshirish, ijtimoiy muammolarini joyida hal etish hamda ehtiyojmandlarga individual yondashuv asosida yordam ko‘rsatish maqsadida hududda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu tizim orqali ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish va ularning turmush sharoitini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yil boshidan buyon mahallada 275 dan ortiq murojaat qabul qilingan bo‘lib, ularning 80 foizdan ortig‘i ijobiy hal etilgan. 

– Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash yo‘nalishida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi Mallaboy mahallasida kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim Dilafro‘z Yo‘lbarsova. – Jumladan, mazkur mahallaning Bobur ko‘chasida istiqomat qiluvchi Farhod Hojirahimov bir necha yillar oldin baxtsiz hodisa tufayli bir oyog‘idan ayrilgan va 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan. U oilada yolg‘iz boquvchi hisoblanadi.

 Mahalla mas’ullari va ijtimoiy xodim ko‘magida unga dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun yer maydoni ajratilgan. Hozirda u besh sotix maydonda issiqxona tashkil etib, pomidor yetishtirmoqda va oilasiga barqaror daromad keltirmoqda.

– Baxtsiz hodisa tufayli bir oyog‘imdan ayrilgan bo‘lsam-da, bu meni ruhiy tushkunlikka tushirmadi. Aksincha, hayotga bo‘lgan ishonchim yanada mustahkamlandi. Ijtimoiy xodim va hokim yordamchisining ko‘magida 30 sotix yer ajratildi va kredit olishda ko‘maklashildi. Shu asosda zamonaviy issiqxona qurib, oilamning farovonligiga hissa qo‘shmoqdaman, – deydi Farhod Hojirahimov.

Shu yerlik Sarbon Imonzarov esa ko‘z nuridan ayrilgani sababli 1-guruh nogironligi bo‘lgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan. U onasi bilan birga yashaydi. Inson ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan unga harakatlanish uchun hassa va sog‘ligini nazorat qilishda yordam beradigan tonometr berildi. Shuningdek, psixolog tomonidan o‘tkazilgan terapiya natijasida unda mehnat ko‘nikmalari shakllandi.

Akasi yordamida issiqxonalarda ish boshlagan Sarbon hozirda beton plitkalar ishlab chiqarish sexida ham faoliyat yuritib kelmoqda. Bu esa uning ijtimoiy faolligi va kelajakka ishonchini kuchaytirmoqda.

Mallaboy mahallasida joriy etilgan ijtimoiy xizmatlar tizimi aholining turmush tarzida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularni mehnatga jalb qilish va oilalar farovonligini ta’minlashda amalga oshirilayotgan ishlar ahamiyatli natijalar bermoqda.

A.Musayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mallaboy mahallasida ijtimoiy xizmatlar samara bermoqda