Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi axborot agentligi (TASS) tashabbusi bilan MDH axborot agentliklari jurnalistlari uchun o‘tkazilayotgan “G‘alaba yo‘llari” nomli xalqaro media-tur ishtirokchilari Belarus Respublikasidagi “Xatin” tarixiy-yodgorlik majmuasida bo‘ldilar.

Mazkur majmua Ikkinchi jahon urushi paytida, 1943 yil 22 mart kuni fashist bosqinchilari tomonidan qirib yuborilgan Xatin qishlog‘i aholisi xotirasiga va ularning timsolida butun Belarus Respublikasidagi 290 dan ortiq qishloqning gitlerchi jazolash guruhlari tomonidan tahqirlangan kishilari xotirasi uchun 1969 yilda tashkil etilgan.

Majmua aynan o‘sha xunrezlikka guvoh bo‘lgan Xatin qishlog‘ida bunyod etilgan.

Bu yerda qishloqning yoqib yuborilgan 26 ta xonadoni o‘rnida ramziy ma’noda faqatgina pechlarning yonmay qolgan mo‘risi tiklanib, ular tepasida qo‘ng‘iroq o‘rnatilgan. Majmua markazida jon berayotgan bolasini ko‘tarib turgan ota —Iosif Kaminskiy va uning o‘g‘li Adam haykali o‘rnatilgan. Har kuni yuzlab insonlar majmuaga kelib, xatinliklarni yod etishadi.

[gallery-25381]

—1943 yil 22 mart kuni gitlerchi bosqinchilar Xatin qishlog‘iga kirib uylarga o‘t qo‘yishadi, — deydi yodgorlik majmuasi tadqiqot va ko‘rgazma bo‘limi boshlig‘i Marina Vashkevich. —Bu paytda qishloqda 26 xonadonda 149 kishi, jumladan, 75 nafar hali 16 yoshga to‘lmagan bola bor edi. Ularni qishloq markazidagi omborga qamab, eshiklarni orqasidan berkitgan holda tiriklayin yoqib yuborishgan. Yonayotgan ombor eshigini buzib, tashqariga chiqqanlarni ham eshik oldida ayovsiz otib tashlashgan. Bu xunrezlikdan olti nafar guvoh — yoqib yuborilganda hushini yo‘qotgan Iosif Kaminskiy va ota-onasi tomonidan yerto‘la va boshqa joylarga yashirilgan besh nafar bola tirik qolgan. Iosif Kaminskiy yarim tunda hushiga kelganda butun qishloqni kulga aylantirgan fashistlar ketgan, atrofda tirik jon qolmagandi.   U murdalar orasidan 12 yoshli o‘g‘li Adamni chalajon holatda topib ko‘tarib oladi. Adam ingragan holda “onam qani?” deb so‘raydi va otasi qo‘lida jon beradi. Majmuadagi yodgorlikda ana shu epizod aks ettirilgan.

Marina Vashkevichning aytishicha, urush vaqtida bunday xurnezlik natsistlarning Belarus qishloqlari aholisini qo‘rquvga solish, partizanlarga yordam berganligi yoki nemislarga bo‘ysunmaganligi uchun jazo opreratsiyasi deb nomlangan va hozirgacha aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, 290 dan ortiq Belarus qishloqlari aholisi bu operatsiya qurboni bo‘lgan.

Xatin qirg‘ini haqidagi tarixiy ma’lumotlarni saqlash, bugungi va kelajak avlodda Ikkinchi jahon urushi oqibatlari, insoniyat boshiga solgan kulfatlari haqida tushuncha hosil qilish va tinchlik qadr-qimmatini anglatish maqsadida 2023 yilda bu yerda zamonaviy texnologiyalar va multimedia vositalari yordamida innovatsion muzey yaratildi.

—Olti bo‘limdan iborat muzey Belarus xalqining tarixi, Ikkinchi jahon urushi voqealari va Xatin qirg‘ini tafsilotlari aks etgan ekspozitsiyalar, ma’lumotlar va eksponatlar, lavhalardan iborat, u fashistlarning  sobiq sovet ittifoqiga bostirib kirishi aks etgan ekspozitsiya bilan boshlanadi, —deydi Marina Vashkevich. —Bu ekspozitsiyalar bilan tanishgan, urush haqidagi hikoyalarni, ayniqsa, bolalar tilidan aytilgan gaplarni eshitgan kishi borki ko‘ziga yosh oladi. Ikki yil davomida muzeyga nafaqat respublikamiz, balki MDH mamlakatlari va boshqa davlatlardan minglab kishilar, nufuzli mehmonlar keldi. Ayniqsa, bolalar o‘z tengdoshlarining ayanchli qismati haqidagi hikoyalarni eshitib, qattiq ta’sirlanyapti va urushni la’natlamoqda. Bu yil yozda o‘zbekistonlik o‘quvchilar muzeyimizda bo‘ldi. Ularga o‘zim majmua va muzey haqida gapirib berdim. Bolalar “biz bu haqda eshitmagandik, urushda halok bo‘lgan xatinlik bolalarni unutmaymiz” deb ko‘zlariga yosh olishdi.

MDH axborot agentliklari jurnalistlarining

Rossiya va Belarus shaharlari bo‘ylab o‘tkazilayotgan “G‘alaba yo‘llari” nomli xalqaro media turi davom etmoqda.

G‘olib Hasanov, Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA muxbirlari  

Belarus Respublikasi, Minsk shahri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xatin” o‘zbekistonlik bolalarni yig‘latgandi