Qo‘qon dunyo hunarmandlarining poytaxtiga aylandi. 70 ta davlatdan kelgan 278 nafar xorijlik va respublikamizning turli viloyatlaridan mingga yaqin hunarmandlar Qo‘qonda o‘tayotgan III xalqaro hunarmandchilik festivalida qatnashmoqda.

Shuningdek, anjumanda xalqaro darajadagi tadqiqotchilar, olimlar, dizaynerlar va amaliy sohadagi mutaxassislar ishtirok etmoqda. Xalqaro matbuot markazi orqali 50 dan ortiq jurnalist va bloger tadbirni yorityapti.

Bugun shaharning markaziy ko‘chasi boshiga o‘rnatilgan ramziy darvoza oldida festivalning ramziy tasmasi kesildi va karnay-surnaylar ostida uning ishtirokchilari shaharga kirib keldilar. Ular orasida noyob hunar sirlarini avloddan-avlodga o‘tkazib kelayotgan ustazodalar, hunarmandchilik ilmini ro‘yobga chiqargan olimlar, qo‘l ishi – to‘qima mato, kashtalardan biri-biridan go‘zal kiyimlar tikkan dizaynerlar, hunarmandchilik mahsulotlari menejerlarigacha bor edi.  

– Men Avstriyadan keldim. Kasbim qo‘g‘irchoqlar yasash va ular uchun kiyim tikish. Bunda men tarixiy asar qahramonlari, zamonaviy kiyim dizaynlaridan andoza olaman, – deydi Patrik Selvator. – Qo‘qon, O‘zbekiston menga juda yoqdi. Hunarmand shunchalar qadrlanadigan yurtni ko‘rmagandim. Hayratim cheksiz. Ha, darvoqe, Avstriya paviloniga keling, qo‘g‘irchoqlarimni ko‘ring.

– Biz Belarusdan keldik. Shaxsan men Qo‘qon festivalida ikkinchi bor ishtirok etyapman, – deydi o‘zini to‘quvchi deya tanishtirgan Marina Gusho. – Taassurotlarim cheksiz. O‘zbekiston dunyo hunarmandchiligi rivojiga juda katta hissa qo‘shmoqda. Shunday festivallar belarus hunarmandchiligi xalqaro maydonda munosib o‘rin topishiga ham sabab bo‘lyapti.

III xalqaro hunarmandchilik festivalining yana bir o‘ziga xos jihati shunda ediki, bu gal imkoniyati cheklangan hunarmandlar ham boshqa hamkasblari qatori bab-barobar ishtirok etishmoqda.

– Men Qashqadaryodan keldim, – deydi Mahliyo Yo‘ldosheva. – Hech qachon xalqaro festivallarda qo‘l mehnatim namunalari bilan ishtirok etaman deb o‘ylamagandim. Prezidentimizdan cheksiz minnatdorman. Ular tufayli nogironlarning qaddi ko‘tarildi. Masalan, mening  arzimas xizmatimni yuqori baholab “Shuxrat” medali bilan taqdirladilar. Festivalga boshqa davlat hunarmandlari mahsulotidan kam bo‘lmagan qo‘l ishlarimni olib kelganman.

[gallery-25371]

O‘rda maydoni etagida minglab hunarmandlarni Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov qutladi.

– Xalq farovonligi, hunarmandchilik rivoji muhtaram Prezidentimiz olib borayotgan islohotlar tufaylidir, – dedi viloyat hokimi.

Jahon hunarmandlar kengashi raisi Saad al Qaddumi O‘zbekiston xalqi va uning Prezidentiga uchinchi bor dunyo hunarmandlarini jamlab o‘zaro tajriba almashish, yutuqlarni namoyish etish uchun yaratgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shundan so‘ng bu yil qurib bitkazilgan jahon hunarmandlari ko‘rgazmasiga kiraverishdagi  “Xo‘qandi latif” atalmish ark va ko‘rgazma savdo peshtoqlari ochildi. Festival qatnashchilari hamda Qo‘qon ahli uning birinchi tomoshabini bo‘ldilar. Bu yerga 70 ta mamlakat ustalari hamda mamlakatimiz hunarmandlari yasagan, to‘qigan, ishlab chiqargan mahsulotlar qo‘yilgan edi.

Barchaning tilida bir gap: salom Qo‘qon, salom festival!

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ECt6Gx-S5bU" title="Salom Qo‘qon, salom festival!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov(surat, video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Salom Qo‘qon, salom festival! (+video)