Joriy yilning o‘tgan oylarida turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan o‘zbekistonliklar soni 3,5 million nafarga yetgan.
Bugungi kunda sayohat uchun eng ko‘p tanlangan yo‘nalishlar qo‘shni davlatlar bo‘lsa-da, uzoq masofaga bo‘lgan qiziqish ham ortmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil yurtdoshlarimiz o‘rtasida Buyuk Britaniya va Polsha qatorida Yaponiyaga sayohat qilish hajmi ortmoqda.
Jumladan, 2025 yilning yanvar–iyul oylarida jami 1,7 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Yaponiyaga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 663 nafarga yoki 1,6 martaga oshgan.
Joriy yilning 7 oyida Yaponiyaga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanmoqda. Xususan, sayohat uchun 1 ming 407 nafar, qarindoshlarni yo‘qlash uchun 196 nafar, o‘qish uchun 103 nafar, xizmat yuzasidan 28 nafar, davolanish uchun 4 nafar fuqarolar Yaponiyaga borgan.
Ularning ta’kidlashicha, Yaponiya safar uchun qulay, tinch va aholisi madaniyatli davlat hisoblanadi.
Gulnoza Boboyeva,O‘zA