“Salomat bo‘ling”

Maymoqlik — bolalarda uchrab turadigan jiddiy ortopedik muammo. Bu holatda bolaning oyoq-qo‘llari yoki tanasining ayrim qismlari noto‘g‘ri joylashadi, natijada yurish-turishida noqulaylik yuzaga keladi. Kasallik tug‘ma omillar, erta yoshda olingan jarohatlar yoki suyak va bo‘g‘imlarni zararlovchi kasalliklar sababli kelib chiqishi mumkin.  

Maymoqlikning alomatlari ko‘pincha bolaning yurishida seziladi. Bola oqsab yurishi, tanasi qiyshayishi, oyoq-qo‘llar uzunligida farqlar bo‘lishi mumkin. Ba’zan bola tez charchaydi va og‘riqlardan shikoyat qiladi. Davolash esa bemorning yoshiga va holatiga qarab belgilanadi. Yengil hollarda fizioterapiya mashqlari, maxsus ortopedik oyoq kiyimlari yordam beradi. Og‘ir holatlarda esa jarrohlik amaliyoti talab qilinishi mumkin. Muhimi, muammoni erta aniqlash va davolashni vaqtida boshlashdir.  

Ota-onalar farzandlarining ilk qadamlaridan boshlab e’tiborli bo‘lishlari kerak. Shifokor ko‘rigini o‘tkazib yubormaslik, bolaning to‘g‘ri yurishi va jismoniy rivojiga doimiy ahamiyat qaratish maymoqlikning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.  

Kasallikning kelib chiqish sabablari, tashxis va davolash choralari haqida Milliy tibbiyot markazi travmatolog va ortoped shifokori — Javohir Akbarxonov ma’lumot berdi.  

Batafsil “Salomat bo‘ling” dasturi:  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/SXSsHYU-Lvo?si=PqVvpJkUqA1guzpX" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Mohichehra Eshmirzayeva, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maymoqlik erta aniqlansa davosi bor (+video)