Vatanimiz tarixidagi 19 sentyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1193 yil (bundan 832 yil oldin) – anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan shahzoda Jaloliddin Mahmud Sultonshoh vafot etdi. U xorazmshoh Elarslon va Turkon xotunning kenja o‘g‘li edi. Otasi Elarslon o‘limidan oldin uni valiahd deb e’lon qildi va 1172 yilda u taxtga o‘tirdi. Biroq uning o‘gay akasi Takash buni tan olmadi va poytaxtni egallab, shu yili 11 dekabrda rasman taxtga chiqdi. Sultonshoh poytaxtdan qochib, akasiga qarshi kurasha boshladi. Shu tariqa, aku-uka o‘rtasida 20 yil davom etgan taxt uchun kurash boshlandi. 1193 yil martda xorazmshoh Takash ukasinn batamom bo‘ysundirishga qaror qildi. 

Xorazmshoh qo‘shinlari Obivardga yetganida ikki tomon vakillari – ulamo va din arboblari aka-ukani yana yarashtirishga urindilar. Muzokaralar cho‘zilib, vaqt o‘taverdi. Shunda Saraxs qal’asining boshlig‘i Badriddin Chaqir xorazmshoh Takash tomonga o‘tib ketdi, sulton Takash tezda qal’aga yaqinlashdi va Badriddin qal’a kalitlarini, Sultonshohning xazinalarini Takashga topshirdi.

Bu voqea aka-uka o‘rtasida uzoq davom etgan nizoga yakun yasadi. Sultonshoh bu xabarni eshitgach, yorug‘ dunyo ko‘ziga qorong‘u bo‘lib ketdi. Sultonshoh o‘zining toj-u taxtini qo‘lga kiritish yoki akasidan mustaqil kuchli bir davlat tuzish haqidagi orzu-niyatlari puchga chiqqanligini angladi. Saraxs qal’asining Takashga topshirilishi uning dilini vayron qildi. Oradan 2 kun o‘tgach, Sultonshoh ko‘ngli kuyib ketganidan vafot etdi.

1449 yil (bundan 576 yil oldin) – Mirzo Ulug‘bek Samarqand yonidagi Dimishq shaharchasi yonida bo‘lgan urushda o‘g‘li Abdullatifdan mag‘lubiyatga uchrab, Samarqand sari chekindi, lekin shahar hokimi Mironshoh qavchin podshohni shaharga kiritmadi. Shundan keyin Ulug‘bek Shohruhiyaga bordi, qal’a kutvoli Ibrohim ibn Po‘lod ham hukmdorni shaharga qo‘ymadi, balki uni tutib Abdullatifga topshirmoqchn bo‘ldi.

1582 yil(bundan 443 yil oldin) – o‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmlori Abdullaxon II(hukmronlik davri 1583–1598 yillar) o‘z o‘g‘li va toj-u taxt vorisi Abdulmo‘min sultonga Balx va unga tobe viloyatlarni in’om qildi.

1924 yil (bundan 101 yil oldin) – Butun Buxoro xalq vakillarining beshinchi qurultoyida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR)ni Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi (Buxoro SSR)ga aylantirish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Buxoro SSRning tuzilishi yuqoridan turib sun’iy tarzda amalga oshirilgan hodisa edi. Natijada taraqqiyotning demokratik yo‘li inkor qilinib, sotsialistik yo‘nalish tanlandi. 

1931 yil(bundan 94 yil oldin) – Qoraqalpog‘iston shimolidagi Mo‘ynoq tumani tashkil etildi. Tuman hududining aksari qismi Orol dengizining qurigan tubi (Orolqum) va Amudaryo deltasidagi ko‘llardan iborat. “O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati”da yozilishicha, Mo‘ynoq so‘zi bo‘yin, bo‘g‘iz, daryo, ko‘l, orol, quruqlik, tog‘, qir va hokazolarning tor, cho‘ziq qismiga nisbatan qo‘llaniladi. Demak, Mo‘ynoq nom sifatida o‘sha hudud relefining turini bildiradi. U ba’zan geografik termin sifatida o‘zi yoki ko‘pincha rang, o‘rin, shakl, xususiyat, belgini anglatuvchi so‘zlar bilan qo‘shilib joy nomlari hosil qilishi mumkin. T.Nafasovning yozishicha, Mo‘ynoq qadimgi turkiy tilga xos bo‘lgan bo‘ynoq so‘zining qoraqalpoqcha talaffuz shaklidir. So‘z boshida “-b” tovushi “-m” undoshiga o‘zgargan. Bo‘ynoq so‘zi hozirgi kunda qoraqalpoq adabiy tilida uchramasa ham, o‘rta asrlarda xalq nutqida qo‘llanilgan. Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘atit turk” asarida, “bo‘ynoq” – so‘zini tog‘ bo‘yni deb izohlagan.

2014 yil (bundan 11 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2016 yil (bundan 9 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzurida O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi. Unda davlatimiz rahbari bir qator masalalar, jumladan, BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish, Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, Orol dengizi qurishi muammosi, qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari, Afg‘onistonda tinchlikka erishishning ma’rifiy yo‘llari masalalariga alohida to‘xtaldi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”, “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishning yangi konsepsiyasini tasdiqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlari qabul qilindi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish («rebate») tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir taxt uchun yigirma yil kurashgan ikki shahzoda