Elektropoyezdlar zamonaviy, ekologik toza, tez, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan foyda keltiradigan transport turi. Shuning uchun ham aksariyat rivojlangan mamlakatlar, jumladan Xitoy va Yevropa davlatlari tezyurar poyezdlarning rivojiga katta e’tibor qaratmoqda.

Xitoydagi tezyurar poyezdlar butun dunyoda eng rivojlangan va eng uzun temir yo‘l tizimlaridan biri hisoblanadi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda birinchi tezyurar poyezd 2008 yilda Pekin – Tyanszin yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda  40 000 kmdan ortiq tezyurar temir yo‘l mavjud bo‘lib, bu butun dunyodagi umumiy tezyurar yo‘llarning yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Loyiha davlat tomonidan quvvatlanib, yil sayin yangi yo‘nalishlar ochilmoqda.

Tezyurar poyezdlarning  xizmat ko‘rsatish tezligi 250–350 km/soatdan  iborat.  Eng yuqori sinov tezligi 486 km/soat (Shanxay – Maglev yo‘nalishi) sanaladi. 

Xitoyda tezyurar poyezdlarning  “G”, “D” va  “C”  turlari mavjud bo‘lib,  shundan  eng tez va narxlari biroz balandligi bilan farq qiladigan turi (300–350 km/soat) “G” turidir. “D” poyezdlar  200–250 km/soat, narxlari o‘rtacha,  “C”  turlari eng past narxda, shaharlararo qisqa masofada harakatlanadi.

Zamonaviy vagonlarning barchasi sovutgich tizimiga ega,  Wi-Fi bor. Turli yo‘lovchi sinflari birinchi klass, ikkinchi klass hamda  biznes klass.  Yo‘lovchilar uchun qulay vaqt davomida  bir qancha reyslar yo‘lga qo‘yilgan. Kun davomida bir yo‘nalish bo‘yicha o‘nlab poyezdlar harakat qiladi. Masalan, Pekin – Shanxay orasida har yarim soatda poyezd faoliyati harakatlanadi.

Poyezdlar uchun chipta xaridida muammo bo‘lmaydi. Chiptalarni WeChat, 12306 (rasmiy sayt/ilova), Ctrip (Trip.com (https://trip.com/)) kabi platformalar orqali onlayn olish mumkin. Vokzallar avtomat apparatlar bilan ta’minlangan. Internet orqali  xarid qilingan  biletni qog‘ozga chiqarish shart emas,  uyali aloqa vositalari orqali   QR-kod ko‘rsatishning o‘zi kifoya.

Kelgusida Xitoy – Tailand va Xitoy – Yevropa temir yo‘l loyihalari ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vYmVX7_FYqg" title="40 ming kmlik mo‘jiza: Xitoy temir yo‘llarining sirlari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Xitoy, Sian

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
40 ming kmlik mo‘’jiza: Xitoy temir yo‘llarining sirlari (+video)