Korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida xalqaro ISO 37001:2016 sertifikatini qo‘lga kiritish muhim ahamiyatga ega.

Bu sertifikat tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratishning xalqaro usullarini o‘zida jamlagan, korrupsiyaga qarshi mukammal boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan xalqaro standartdir. 

Bu korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini ishlab chiqish, joriy etish, qo‘llab-quvvatlash, tashkil qilish va takomillashtirish uchun talab va ko‘rsatmalarni belgilaydi.

O‘zbekiston Notarial palatasi ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi kurash menejmenti tizimining muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi ilk nodavlat notijorat tashkiloti (NNT)ga aylandi.  

Toshkent shahrida O‘zbekiston Notarial palatasiga Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning cyertifikatlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Notarial palata raisi Dilshod Ashurov ISOning vakili – Avstriya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tijorat maslahatchisi Rudolf Lukavskining qo‘lidan ISO 37001:2016 standarti sertifikatini  qabul qilib oldi.

Mazkur sertifikatni qo‘lga kiritish masalasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Notarial palata o‘rtasida imzolangan memorandum va chora-tadbirlarda ko‘zda tutilgan edi.

Aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda 70 dan ortiq vazirlik va  idora bu sertifikatni qo‘lga kiritgan. Mazkur sertifikat palataning faoliyati korrupsiyaga qarshi  kurash menejmenti tizimining xalqaro standartlarga muvofiqligini bildiradi hamda barcha darajadagi tizim idoralarida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash yuzasidan katta mas’uliyatni yuklaydi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistondagi NNT korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi