Davlatimiz rahbarining 2025 yil 30 apreldagi “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlar, ya’ni kiberjinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati yanada kuchaytirildi.

Xususan, Bosh prokuraturaning ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tuzilmasida  kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda qonuniylikni ta’minlash bo‘limi tashkil etildi. Hududiy prokuraturalar va Transport prokuraturasining ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limlarida uning guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida shtat birliklari ajratildi.

Mazkur tuzilmalar ichki ishlar organlarining kiberjinoyatlarni tergov qilish va fosh etish faoliyati jarayonida qonunchilik ijrosi ustidan prokurorlik nazoratini amalga oshirmoqda.  

Bosh prokuraturada mazkur qaror ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda raqamli xavfsizlikni ta’minlash va bank tizimida yuzaga kelayotgan kiberjinoyatlar bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi.  

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda Bosh prokuraturaning Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda qonuniylikni ta’minlash bo‘limi, Iqtisodiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi, Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi, Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari hamda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda keyingi  yillarda bank tizimida kuzatilayotgan kiberjinoyatlar, ushbu jinoyatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarning qoplanishi hamda bu tur jinoyatlar sodir etilishining oldini olish borasida ko‘rilayotgan choralar atroflicha muhokama qilindi.  

Kiberjinoyatlarni “issiq izi”dan fosh etish, ayblanuvchilarni aniqlash va yetkazilgan zararlarni qoplashdagi muammoli masalalar va omillar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul idoralarning takliflari eshitildi.

Tadbir yakunida kiberxavfsizlikni yanada mustahkamlash, bank mijozlarining mablag‘larini himoya qilish, shu bilan birga, banklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuratura: kiberjinoyatlarni fosh etishda idoralararo hamkorlik kuchaytirilmoqda