Buyuk Britaniya AQSH Prezidenti Donald Trampning qirollikka tashrifidan so‘ng Falastinni tan olish niyatida, deb yozdi nashr.
— Bosh vazir Kir Starmer shu hafta oxirida, Prezident Tramp Buyuk Britaniyaga davlat tashrifini yakunlagach, Falastinni rasman davlat sifatida tan oladi, — deyilgan shu haqdagi bayonotda.
"Times" gazetasi yozishicha, London bu masalani bugun Starmer va Tramp o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanining asosiy mavzusiga aylanishidan biroz xavotirlangan. Shu bois qaror e’lon qilinishi tashrifdan keyinga qoldirildi.
Tramp Britaniyaga ikkinchi bor davlat tashrifi bilan keldi. Qirollikka dastlabki safar 2019 yil amalga oshirilgan. Kecha Londonda Amerika yetakchisi muxoliflari yirik miting tashkil qilishdi. 6 yil oldin ham xuddi shunday bo‘lgan.
O‘tgan yil Qo‘shma Shtatlar BMTga to‘liq a’zoligiga veto qo‘ygan Falastinni hozirgacha 147 davlat tan olgan.
S.Rahimov, O‘zA