O‘zbekiston jahon oltin qazib olish bo‘yicha kuchli o‘ntalikdan joy oldi
2024 yilda jahon bo‘yicha oltin qazib olish hajmi 3600 tonnani tashkil etdi, bu esa 2023 yilga nisbatan atigi 0,5 foizga ko‘p. O‘sish sur’ati uncha yuqori bo‘lmaganiga qaramay, oltinga bo‘lgan talab sanoat va moliya bozorlari orasida barqaror darajada yuqoriligicha qolmoqda.
Hisobotga ko‘ra, oltin ishlab chiqarishda Xitoy an’anaviy ravishda birinchi o‘rinda, undan keyin Rossiya va Avstraliya joylashgan. Kuchli beshlikni Kanada hamda AQSH to‘ldiradi. Shu bilan birga, O‘zbekiston ham eng yirik o‘nta ishlab chiqaruvchi davlatlar qatoridan o‘rin oldi.
Hamroz Bayanov,
O‘zA