Vatanimiz tarixidagi 18 sentyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1528 yil (bundan 497 yil oldin) – hirotlik mashhur tarixchi olim G‘iyosiddin Xondamir Hindistonga, Bobur mirzo huzuriga yetib keldi. Bu vaqtda Bobur Aud shahrida turar edi. “Boburnoma”da yozilishicha, hirotlik mashhur shoir Shahob Muammoiy va Hirotdagi “Sultoniya” madrasasining mudarrisi amir Ibrohim Mashhadiy ham Xondamir bilan birga bu yerga kelgan edilar. Bobur ularni zo‘r hurmat va ehtirom bilan qarshi oldi va ularga saroy xizmatchilari qatoridan joy tayin qildi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Xondamnr Alisher Navoiy vafotigacha Navoiy boshqargan madaniy markaz kutubxonasi mudiri bo‘lib ishlaydi. So‘ng Balxda Badiuzzamon Mirzo xizmatida turadi. Shayboniyxon 1507 yil may oyida Hirotni egallaganda Xondamir Hirotda edi va shaxar ahlining xonga yozilgan omonlik xatini insho qiladi. So‘ng Pasht qishlog‘iga kelib yashayotgan Xondamir 1515 yili Muhammad Zamon Mirzo xizmatiga kiradi. U o‘sha paytlari va 1524 yillargacha Bobur Mirzo bilan goh Balx yaqinidagi yurishlar davrida, gohida Hirotdagi safaviy hukmdorlar nomidan Kobulga elchi sifatida borib uchrashadi. 

Yuqorida qayd etilganidek, Xondamir 1528 yil sentyabrida Hindistondagi Bobur huzuriga butunlay xizmat uchun borib, Bobur vafoti (1530)dan so‘ng Humoyun podshoh xizmatida turarkan, vafotigacha (1535) Dehlida yashaydi. Xondamir Dehlidagi Nizomiddin Avliyo makbarasi ichida mashxur shoir Xusrav Dehlaviy kabri yoniga dafn kilingan. U Navoiyning topshirig‘i asosida va uning homiyligida “Xayrli kishilar ahvoli xabarlarining xulosasi”, “Vazirlar uchun qo‘llanma”, “Podshohlar zamondoshlari” kabi asarlar yozgan. 

1858 yil (bundan 167 yil oldin) – Rossiya imperiyasi tomonidan Xiva xonligi va Buxoro amirligi bilan siyosiy hamda savdo munosabatlari o‘rnatish bahonasida, aslida josuslik maqsadida polkovnik Nikolay Ignatev boshchiligida yuborilgan elchilar missiyasi Buxoro amirligi hukmron doiralari tomonidan kutib olindi. 

Bu haqda Nikolay Ignatev shunday yozgan edi: “18 sentyabr kuni Qorako‘ldan o‘tishda elchilikni faxriy ravishda kuzatib borish uchun Abdulaziz tomonidan yuborilgan amaldorlar bizni qarshi oldilar... Ular bizni to Buxorogacha kuzatib keldilar”. Ignatev missiyaning Buxoro shahriga yetib borish jarayonini mufassal bayon qilib, amir Nasrullo Qo‘qon xonligiga qarshi yurishda bo‘lganligi uchun, uning vaziri Abdulaziz bilan olib borilgan birinchi muzokaralar haqida ham yozib qoldirgan.

1916 yil (bundan 109 yil oldin) – Turkistondagi 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan mahalliy aholini Birinchi jahon urushi ketayotgan joylardagi majburiy ishlar uchun olish boshlandi. Jo‘natilishi kerak bo‘lgan 200 ming 470 kishi o‘rniga amalda 123 ming mardikor safarbar qilindi. Turkistonlik mardikorlar harbiy va sanoat korxonalarida, konlarda, temir yo‘l qurilishida, o‘rmon va ayrim xo‘jaliklarda qattiq nazorat ostida ishlatildi. 

1920 yil (bundan 105 yil oldin) – “Ishtirokiyun” gazetasida Elbek (Mashriq Yunusov)ning “Imlo masalasi” nomli maqolasi e’lon qilindi. Maqolada imlo masalasi ko‘pdan buyon muhokama etilayotgan bo‘lishiga qaramay, hamon hal etilmay qolayotganligi aytiladi.

1932 yil (bundan 93 yil oldin) – shoir va yozuvchi, dramaturg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Olimjon Xoldorov tavallud topdi. Uning 100 dan ortiq g‘azallariga kuylar bastalangan. 

1943 yil (bundan 82 yil oldin) – g‘ijduvonlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Vali Nabiyev (1916–1999) Dnepr daryosini birinchilardan bo‘lib kechib o‘tdi. Unga ushbu jasorati uchun 1944 yil 15 yanvarda Qahramon unvoni berildi.

1995 yil (bundan 30 yil oldin) – Nukusda Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahnamoligida Orol dengizi havzasidagi davlatlarning barqaror rivojlanishi masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ish boshladi.

2006 yil (bundan 19 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Unda qayd etilishicha, ushbu qonunning maqsadi firma nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2018 yil(bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Termiz” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Turizmning yangi turlarini joriy qilish hamda mamlakatimizning turistik salohiyatidan samarali foydalanishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyning topshirig‘i bilan yozilgan “Vazirlar uchun qo‘llanma”ning muallifini bilasizmi?