O‘tgan oyda Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning farmoyish bilan Farg‘ona tumani hokimi Hamidullo Inomovga hayfsan jazosi berildi. Xo‘sh, nega tuman rahbariga intizomiy jazo chorasi ko‘rildi?

Rasmiy manbada ta’kidlanishicha, hokim Hamidullo Inomov tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini ta’minlash va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni bajarishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan.  

Xususan, “Mindonobod” kichik sanoat zonasiga joylashtirilgan 22 ta loyihadan bugungi kunga qadar atigi 3 tasi ishga tushirilib, qolgan 19 ta loyiha o‘z vaqtida amalga oshirilmagan. Qolaversa, ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirilmagan.

Aslidachi?

– Kichik sanoat zonasi muammo emas, imkoniyat maydoni, – deydi Farg‘ona viloyat prokurori o‘rinbosari Baxtiyorjon Boboqulov viloyat hokimining farmoyishini sharhlar ekan. – Azaldan xalq orasida bir gap bor: “Avval iqtisod, keyin siyosat”. Shukrki, mamlakat mustaqillikka erishgach, erkin iqtisodiy siyosatga ustuvorlik berildi. Aholisi 4 milliondan ziyod viloyatimiz har jihatdan mamlakat miqyosida munosib o‘ringa ega bo‘ldi. Jumladan, iqtisodiy rivojlanish borasida ham.  

Buning asosiy sabab va omillaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 iyundagi “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, viloyatimiz shahar va tumanlarida kichik sanoat zonalari jadallik bilan tashkil etilayotganidir.  

Qayd etish lozimki, kichik sanoat zonalari tadbirkorlik sub’ektlari uchun imkoniyatgina emas, balki tajriba maktabi hamdir.  

Farg‘ona tumanida joylashgan “Mindonobod” kichik sanoat zonasi 4 gektardan iborat bo‘lib, qiymati 23,5 milliard so‘mlik 22 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirildi. Buning uchun hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari yo‘lga qo‘yildi. Tabiiy gaz, elektr, ichimlik va oqova suv tarmog‘i, yo‘llar, aloqa bilan ta’minlash ishlari hal etildi.  

Tashabbuskor tadbirkorlar sanoat zonasiga istiqbolli hisoblangan loyihalarni joylashtirish orqali shaxsiy biznes g‘oyasini amalga oshirishni niyat qilib, auksion savdosi orqali o‘z biznes maydonlariga ega bo‘lishdi. Ammo mana oradan uch yildan ko‘proq vaqt o‘tdi hamki, mazkur sanoat zonasida “hayot qaynamadi”. Ya’ni yerni egallaguncha bo‘lgan shijoatlar so‘ndi, bir talay bahonalar bilan loyihalar o‘lda-jo‘lda qolib ketdi.

Haqiqiy tadbirkorlarning dastlabki vaqtlardagi shashti haqiqatan ham baland edi. Ularning sa’y- harakatlarini ko‘rib, yaqin oylarda bu yerda zamonaviy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyat boshlashiga shubha yo‘q edi. Shunday bo‘ldi ham. Dastlab birinchisi mahsulot ishlab chiqardi, keyin ikkinchisi va uchinchisi. Qisqa davr ichida qiymati 2,8 milliard so‘m bo‘lgan uchta loyiha ishga tushdi. Shu bilan “Mindonobod” kichik sanoat zonasidagi 19 ta loyihaning nomu boru, o‘zi amalda yo‘qoldi. “Tashabbuskorlar” o‘zlariga tegishli maydonlar atrofini o‘rab olish va temir darvoza o‘rnatish bilan cheklanishdi, na yangi texnikalar olib kelindi, na atrof hudud obodonlashtirildi va na ish o‘rni yaratildi.

Hudud toki Prezident Administratsiyasi, viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olinmagunga qadar qarovsiz, go‘yoki tashlandiq holatda qoldi. Bugun kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bir paytda bunday vaziyatning vujudga kelgani haqli savollarni tug‘diradi: xo‘sh, loyiha egalari aslida real biznes rejaga ega bo‘lganmidi yoki yerni egallab olish  bosh maqsadlari edimi? Bu kabi savollarga oydinlik kiritilmoqda.

Agar sanoat zonasi  bir fuqaroning shaxsiy mulki emas, davlat tomonidan ajratilgan imkoniyat ekanini inobatga olsak, unda har bir qadam, har bir loyiha qat’iy nazoratda bo‘lishi kerakligi kunday ravshanlashadi. Chunki qayerdaki mas’ullar tomonidan o‘zibo‘larchilik va sustkashlikka yo‘l qo‘yilsa, o‘sha yerda rivojlanish eng ojiz nuqtaga aylanadi. Xuddi “Mindonobod” kichik sanoat zonasidagi holat kabi.  

Hududdagi vaziyat viloyat prokuraturasi nazoratiga olinganidan so‘ng loyihalarda siljishlar kuzatilmoqda. Jumladan, sanoat zonasiga tutash bo‘lgan ko‘p qavatli uylar atrofida obodonlashtirish ishlari olib borilib, 240 tup daraxt ko‘chati ekildi, 1,2 kilometr ichki hamda kirish yo‘llari to‘liq shag‘allashtirilib, ko‘cha chiroqlari va xavfsizlik uchun kuzatuv kameralari o‘rnatildi.  

O‘rganishlar davomida to‘rt nafar tadbirkorning faoliyat boshlashi uchun to‘siq bo‘layotgan muammolar hal etildi.“Agrosanoat Farg‘ona” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga kadastr hujjati tayyorlash va korxonani tabiiy gaz tarmog‘iga ulashda amaliy yordam ko‘rsatildi.  

“Farg‘ona mukammal ta’mir” xususiy korxonasiga 12 ming AQSH dollarilik va “Bek zamon grand” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga 14 ming dollarlik ishlab chiqarish uskunalari olib kelinishida amaliy yordam ko‘rsatildi.  

Barcha imkoniyatlari bo‘laturib, davlat rahbari va hukumat tomonidan yaratilgan sharoitlar va imtiyozlarni suiiste’mol qilayotgan “Imorat qurilish invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbariga nisbatan jarima qo‘llanildi. 11 ta loyiha egasi yer uchastkasidan o‘z vaqtida unumli foydalanish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga rioya qilmagani uchun uni bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo arizalar kiritildi.

Hozir kichik sanoat zonasida qandolat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Mindonobod ziyo nur” mas’uliyati cheklangan jamiyati, ozuqa yemini qayta ishlovchi “Muslimbek-Islombek kelajak” oilaviy korxonasi, qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Savdo farovon” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlab, qadoqlashga mo‘ljallangan “Nosir ota merosi” xususiy korxonasi kabi 7 ta loyiha ishga tushdi. Bu ob’ektlarda faol ishlab chiqarish muhitini shakllantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy iqtisodiyotni rag‘batlantirish qat’iy nazoratga olindi.  

Ta’kidlash lozimki, tadbirkor o‘z egaligidagi hududdan unumli foydalanib, vaqtini g‘animat bilsa, avvalo shaxsiy manfaatga erishadi, aholi daromadi oshishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ko‘makchi bo‘ladi.

Shuni unutmaslik kerak: kichik sanoat zonalari yurt taraqqiyoti uchun strategik ahamiyatga ega maydonlar hisoblanadi. Davlat tomonidan yaratib berilgan bu imkoniyatni samarali ro‘yobga chiqarish, birinchi navbatda, tadbirkorning mas’uliyati va fidoyiligiga bog‘liq.

Har qanday islohotning samarasi uning amaliy hayotda qanday joriy etilayotgani bilan o‘lchanadi. Kichik sanoat zonalari ham aynan shunday haqiqiy taraqqiyot maydoniga aylanishi kerak.  

Muhammadjon Obidov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nega Farg‘ona tumani hokimiga intizomiy chora ko‘rildi?