AQSH Moliya vazirligi Yevropa Ittifoqi va G7 davlatlarini Rossiya - Ukraina mojarosi tugaguncha RF neftini sotib olishdan cheklanishga majburlash uchun Xitoy va Hindistonga “yuqori boj” joriy etishga chaqirdi. Bu haqda "Reyter" yozgan.
- Hafta boshida YeIdagi ittifoqchilarimizga, agar ular haqiqatan mojaroga barham berishni istasa, Rossiya - Ukraina urushi tugagan kuni olib tashlanadigan maqsadli tarif belgilashda bizga qo‘shilishi kerakligini aytdik, - dedi G‘aznachilik departamenti vakili agentlikka bergan izohida. - Tramp ma’muriyati tayyor, endi G7 doirasidagi hamkorlarimiz bizga qo‘shilishi kerak.
“Financial Times” Vashington 50-100 foiz oralig‘idagi tarifni taklif qilmoqchi ekani haqida yozgan. “Reyter” agentligi manbasi aniqlik kiritishicha, AQSH Moliya vazirligi Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatni muvofiqlashtirish uchun G7 moliya vazirlari yig‘ilishini chaqirgan.
S.Rahimov, O‘zA