Xusiylar nazorati ostidagi hudud sog‘liqni saqlash idorasi ma’lumot berishicha, Isroil Yaman poytaxti Sanoaga uyushtirgan oxirgi havo hudumi tufayli kamida to‘qqiz inson halok bo‘lgan, 118 kishi yaralangan.

“Al-Masira” telekanali xabarida bir zarba shahar markazidagi harbiy shtab nishonga olinsa-da, yon-atrofdagi uylar ham zarar ko‘rgani aytilgan.

Xusiy neft kompaniyasi vakili yonilg‘i tarqatadigan qo‘nalg‘a hujumga uchragani, natijada poytaxt shifoxonalari ta’minotiga putur yetgani ta’kidlangan.

Mahalliy aholi ham Sanoada kuchli portlash kuzatilgani, osmonni tutun qoplaganidan guvohlik berdi.

Isroil hozircha ushbu voqeaga izoh bermadi. Binobarin, xusiylarning raketa va dron hujumiga javoban, Yaman hududi avval ham nishonga olingan.

Husiy harbiy mulozim Yahyo Sariy Isroil qiruvchi samolyotlariga qarshi raketalar uchirilganini ma’lum qildi. Guruh yetakchisi Mahdiy Al-Mash’at esa “javob muqarrar”ligini bildirib, Isroilni “hushyorlikka” chaqirdi.

So‘nggi hujum bir necha kun oldin husiylar Isroil janubidagi aeroportni dron bilan urgandan keyin amalga oshirildi. Qizil dengizdagi Isroil bilan bog‘liq, deb hisoblangan savdo kemalariga ham tez-tez hujum qilib kelinmoqda.

Darvoqe, Yaman bo‘ylab havo zarbasi Qatardagi kutilmagan, Isroil Hamasning Doha shahridagi muzokarachi guruhi nishonga olingani bildirilgan fojia ortidan yuz berdi. Hodisa AQSH ittifoqchisi bo‘lgan davlat hududida sodir bo‘lgani sababli, mintaqada keskin norozilik keltirib chiqardi va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokara izdan chiqishi xavfi kuchaydi.

Bu orada Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi Isroilga qarshi sanksiya joriy qilishi va erkin savdo bitimini to‘xtatish masalasi ko‘rib chiqilishini aytdi. U G‘azodagi urush keltirib chiqargan gumanitar inqirozda Yevropa “og‘riqli ojizlik” his etayotganini tan oldi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroilning Yamanga hujumi qanday talqin qilinmoqda?