Yevropaning “Leonardo”, “Thales” va “Airbus” aerokosmik kompaniyalari sentyabr oyi oxirigacha Xitoy va Amerika ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatlasha oladigan sun’iy yo‘ldosh ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona yaratish bo‘yicha kelishib olmoqchi, deb yozdi “Reuters” agentligi.
Dekabr oyida nashr ushbu kompaniyalar amerikalik tadbirkor Ilon Maskka tegishli “Starlink” sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i bilan raqobatlashadigan qo‘shma korxona yaratish imkoniyati ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar tarqatgan edi.
- “Leonardo”, “Thales” va “Airbus” “Yevropa aerokosmik konsernlari o‘zlarining sun’iy yo‘ldosh bizneslarini qiymati 10 milliard yevroga teng qo‘shma korxonaga birlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatni ikki barobar tezlashtirdi va yaqin haftalarda dastlabki kelishuvni tuzish ustida ishlamoqda, - deyilgan maqolada. - Manbalarga ko‘ra, o‘zaro anglashuv memorandumi sentyabr oyi oxirigacha imzolanishi mumkin.
Shu bilan birga AQSH va Xitoy kompaniyalariga raqobatchi bo‘lish uchun mo‘ljallangan “Bromo” nomli ushbu loyihani tasdiqlash muddati o‘zgarishi mumkinligi ham istisno etilmagan.
S.Rahimov, O‘zA