Mamlakatimizda yirik sanoat ob’ektlari va ularda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan tashriflar nafaqat ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini baholash, balki mehnat xavfsizligi va ijtimoiy shart-sharoitlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini ham ko‘rsatib beradi.

Shu jihatdan, “Uzbekistan GTL” zavodiga xalqaro ekspertlar tashrifi korxona faoliyatida qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar va ishlab chiqarish tajribalarining xalqaro mezonlar asosida o‘rganilishiga xizmat qiladi.

Yaqinda Xalqaro mehnat tashkiloti sektor mudiri S. Glovatskas hamda Litva Respublikasidan ekspert R. Yurchikonite “Uzbekistan GTL” zavodiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlarga zavodda ishlab chiqarilayotgan sintetik yoqilg‘i mahsulotlari, ularning ishlab chiqarish jarayoni va sifat ko‘rsatkichlari, belgilangan standartlarga muvofiqligi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, qisqa muddat ichida korxonaning “Performance Test”dan muvaffaqiyatli o‘tib, hozirgi kunda to‘liq quvvatda samarali ishlayotganligi hamda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Shu bilan birga, mehmonlar texnologik jarayonlar, mehnat muhofazasi va xavfsizlik standartlari bilan yaqindan tanishdi. Ular korxonada xodimlar uchun yaratilgan mehnat va yashash sharoitlarini, shuningdek, kasaba uyushmasining samarali faoliyatini yuqori baholadi.  

Zavod  axborot xizmatiga ko‘ra, tashrif yakunida korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi Xalqaro mehnat tashkilotining maxsus sertifikati bilan taqdirlandi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlari “Uzbekistan GTL" zavodi faoliyatini yuqori baholadi