Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2025 yil 21 avgustda “Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.

Ushbu farmon bilan fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga yanada qulay sharoit yaratish maqsadida “Raqamli sud” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish nazarda tutilmoqda.  

“Raqamli sud” konsepsiyasi asosida ko‘riladigan ishlarning to‘liq elektronlashtirilishi fuqarolarga hujjatlardan nusxa olish, sud ishlari mazmuni bilan tanishish, arizalarning sudlovga oidligini, shuningdek, sud tomonidan taqiqlangan manba va kontentlarni onlayn tekshirish imkonini beradi.

Sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etilishi esa sud xarajatlarini hisoblash, sud muhokamasining taxminiy natijasini oldindan hisobga olish, murojaatlarni elektron yuborish, sud majlisi bayonnomalarini real vaqt rejimida tayyorlash kabi qulayliklar yaratilishiga xizmat qiladi. Shuningdek, maxsus my.sud.uz portalida fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish moduli ishga tushiriladi. Bu orqali yurtdoshlarimiz virtual huquqiy maslahatchi yordamidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

Muhim yangiliklarning yana bir e’tirofli jihati shundaki, endilikda huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida elektron hujjatlar almashinuvi tartibga solinadi. Xususan, sanksiyalar va majburlov choralari bo‘yicha tergov va sud organlari axborot tizimlari integratsiya qilinadi, ma’muriy jazo qo‘llash vakolatiga ega vazirlik hamda idoralar tomonidan hujjatlarni sudga taqdim etilishi to‘liq elektronlashtiriladi.

Shuningdek, iqtisodiy sud tizimi maqbullashtirilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tumanlararo iqtisodiy sudlar tashkil qilinmoqda. Bu tadbirkorlar o‘z faoliyatida duch keladigan huquqiy muammolarda sudga murojaat qilishning qulayroq usulidan foydalanishiga zamin yaratadi. 

Aziza Ro‘ziyeva,  

Navoiy viloyat ma’muriy sudi sudyasi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odil sudlovga erishish kafolatlari kuchaytirilmoqda