Germaniya Polshada yuz bergan uchuvchisiz uchoqlar bilan bog‘liq hodisadan keyin NATOning sharqiy chegaralaridagi harbiy ishtirokini kuchaytirishga qaror qildi, dedi hukumat matbuot kotibi Stefan Kornelius.

Shu bahona Germaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni ham kuchaytiradi va Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi 19-sanksiya to‘plamini tezda qabul qilishga kirishadi.

Mazkur voqeaga Bosh vazir Donald Tusk munosabat bildirib, respublika hududida “xavf tug‘diruvchi” dronlar urib tushirilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, 19 o‘zi uchar qurilma mamlakat havo chegarasini kesib o‘tgan. Siyosatchi voqeada Moskvani aybladi.

Rossiyaning Varshavadagi muvaqqat ishlari vakili Andrey Ordash mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Binobarin, unga urib tushirilgan uchuvchisiz uchoqlar Rossiyadan havoga ko‘tarilgani haqidagi dalil taqdim etilmagan.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya NATOning sharqiy chegaralarida harbiy ishtirokini kuchaytiradi