Insonparvarlik, mehr-oqibat va saxovat qadriyatlarini mustahkamlash maqsadida Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan yana bir tashabbus amalga oshirildi. Bu galgi xayrli ishlar onko-gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan kichkintoylarga dalda berish, ularning qalbida quvonch va umid uchqunini yanada uyg‘otishga qaratildi.

Boshqarma xodimlari Buxoro viloyati bolalar shifoxonasining onkologiya bo‘limida bo‘ldi. Bu yerda davolanayotgan bolajonlar bilan bevosita suhbatlashdi. Samimiy muloqotlar davomida ularning ko‘ngli ko‘tarilib, mehrga to‘la iliq so‘zlar bilan ruhlantirildi. Shuningdek, kichkintoylarga turli o‘yinchoqlar, kitoblar va esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

Mazkur tashabbus nafaqat bolajonlar qalbiga quvonch bag‘ishladi, balki ularning ota-onalariga ham katta ruhiy dalda bo‘ldi. Chunki bunday g‘amxo‘rlik, e’tibor va iliqlik jamiyatimizda birdamlik, hamjihatlik va insoniylik qadriyatlari naqadar yuksak ekanligini yana bir bor namoyon etadi.

Boshqarma xodimlari bundan buyon ham nafaqat xizmat vazifalarida, balki ijtimoiy-ma’naviy hayotda ham shunday ezgu tashabbuslarni davom ettirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonachilardan yana bir ezgu tashabbus