Vatanimiz tarixidagi 13 sentyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1913 yil (bundan 112 yil oldin) – Toshkentdagi “Kolizey” teatrida Qozon shahridan kelgan aktyorlar ishtirokida teatr kechasi bo‘lib, unda “Tengsizlar”, Fotix Amirxonning “Bir soatlik xotun” pesalari o‘ynaldi. Teatr tomoshalari juda qiziqarli bo‘lib, xalq katta olqishlar bilan qarshi olgan. Bundan tushgan foyda xayriya ishlariga sarf qilingan.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, “Kolizey” lotincha – mahobatli demakdir. Qadimda Rim shahrida qurilgan amfiteatr “Kolizey” deb atalgan. Toshkentning Yangi shahar hududidagi “Kolizey” 1903 yilda qurila boshlangan, qurilish 1913 yilgacha cho‘zilib, u 2000 tomoshabinga mo‘ljallangan edi. “Kolizey” avval sirk tomoshalari uchun mo‘ljallangan, zal sahnasining shifti temirdan, gumbaz shaklida ishlangan. Dastlab bu yerda sayyor sirk truppalari tomosha ko‘rsatgan, keyinchalik zaldan turli teatr tomoshalari uchun foydalanilgan. U Toshkent shahrining o‘sha vaqtlardagi eng katta teatr-konsert binosi hisoblangan.

1913 yil (bundan 112 yil oldin) – kimyogar olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Fuat Tojiyev tavallud topdi (vafoti 2001 yil). Uning rahbarligida ilk bor Angren kaolinining texnologik xossalari chuqur o‘rganildi va shu asosda keramik qorishmalar, sirlar, xo‘jalik va elektrotexnik chinni, olovbardosh va kislotabardosh materiallar olindi.

1921 yil (bundan 104 yil oldin) – istiqlolchilar Vatan ozodligi uchun kurashayotgan Farg‘ona vodiysida bolshevikcha rejim tomonidan favqulodda holat e’lon qilindi.

1923 yil (bundan 102 yil oldin) – Turkiston respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Prezidiumining 136-qaroriga binoan Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi huzuridagi Ocharchilikka qarshi kurash oqibatlarini tugatish komissiyasi va uning joylardagi mahalliy organlari tugatildi.

1944 yil (bundan 81 yil oldin) – Cherkassi viloyatining Zvenigorodka rayonidagi Rijanovka qishlog‘ini va Moldaviyaning bir qancha qishloqlarini ozod etishda pulemyotdan o‘t ochib, dushmanning bir necha o‘t ochish nuqtasini o‘chirgan, 200 dan ortiq gitlerchini yakson etib, 22 avgustdagi janglardan birida qahramonlarcha halok bo‘lgan jondorlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Narzi Rajabov (1924–1944) ga Qahramon unvoni berildi.

1978 yil (bundan 47 yil oldin) – Qashqadaryo viloyatidagi Muborak tumani tashkil etildi.

1989 yil (bundan 36 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining badiiy ijod sohasidagi eng oliy mukofoti – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etildi.

1989 yil (bundan 36 yil oldin) – bastakor, xonanda va sozanda Yunus Rajabiy yashab ijod etgan uyda uy-muzey ochildi. Muzeyning 6 ta ko‘rgazma xonasi bo‘lib, uning har biri ma’lum voqelikni yoritishga bagishlangan: “Yoshlik va o‘smirlik davri”, “Me’morial xona”, “O‘zbek xalq musiqasi”, “Shashmaqom”, “Abadiyat”, “Musiqa tinglash va filmlar ko‘rish” xonalari va boshqalar. “Toshkent” ensiklopediyasida yozilishicha, muzeyda 6000 mingga yaqin eksponat saqlanadi, shulardan 847 tasi muzey ekspozitsiyalarida ko‘rsatilgan. Ekspozitsiyada Yunus Rajabiy yozgan 12 jildli kitob qo‘lyozmalari, unga tegishli cholg‘u sozlari (dutor, nay, tanbur), kiyim-boshlari, konsert kiyimlari, o‘zbek xalq cholg‘u sozlari kolleksiyasi, o‘z oilasi, ustozlari, shogirdlari va safdoshlarining moybo‘yoqda ishlangan portretlari, fotosuratlar bor.

2000 yil (bundan 25 yil oldin) – YUNESKOning “Sharq taronasi” mukofotini ta’sis etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va YUNESKO o‘rtasida Shartnoma imzolandi.

2007 yil (bundan 18 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaning haykalini o‘rnatish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2010 yil (bundan 15 yil oldin) – Samarqandda Mirzo Ulug‘bek haykali va muzeyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2016 yil (bundan 9 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer qa’rini geologik o‘rganish sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«O‘zbekiston» teleradiokanalining «Hidoyat sari» studiyasi va Toshkent Islom universiteti «Ziyo media markazi» faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining «Dunyo» axborot agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«Seysmik xavfsizlik sohasi a’lochisi» ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentdagi “Kolizey” teatri qachon qurilganini bilasizmi?