Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona» — OKMK va «Navbahor» — «Surxon» klublari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.
Jizzaxda o‘tkazilgan «So‘g‘diyona» va OKMK klublari o‘rtasidagi o‘yin 4:1 hisobida yakunlandi.
Uchrashuvdagi mezbonlar gollariga Lyupcho Doriyev (dubl), Shohrux Abdurahmonov va Samandar Movlonqulovlar mualliflik qildi. OKMK jamoasining yagona goli Avazbek O‘lmasaliyev tomonidan kiritildi.
Shu tariqa "bo‘rilar" ochkolari sonini 24 taga yetkazib, 9-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, "konchilar" 37 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.
Namangandagi «Markaziy» stadionida o‘tkazilgan «Navbahor» va «Surxon» bahsida hisob ochilmadi. Shu tariqa, jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA