Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahridagi dehqon bozorida sotilayotgan "Nur Hayot Cosmetics" MCHJ ishlab chiqargan shampun mahsuloti bo‘yicha nazorat xaridi o‘tkazildi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan sinov natijalariga ko‘ra, mahsulot belgilangan standartlarga mos kelmasligi aniqlandi.

Xulosalarga ko‘ra, ushbu shampun iste’molchilar salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Xususan, u soch va teri himoya qavatini buzib, qichishish, qizarish, allergik reaksiya chaqirishi, sochning mo‘rtlashishi va tezroq to‘kilishiga olib kelishi mumkin. Ko‘z bilan bog‘liq holatda esa kuchli achishish va tirnashga sabab bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, mahsulot sifat jihatidan ham qoniqarsiz bo‘lib, terining haddan tashqari qurishiga va yuvinishdan keyin noxush hissiyot qoldirishiga sabab bo‘lishi aniqlangan.

Mutasaddi idora iste’molchilarni bunday mahsulotlardan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.

Hamroz Bayanov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nazorat tadbirida sifatsiz mahsulot fosh etildi